1. Home
  2. Press center
  3. News

Samarqandda xodimlarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi

76

Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi har bir davlatning shakllanishida beqiyos oʻringa ega boʻlib, mazkur sana har yili mamlakatimizda keng nishonlanadi. U davlatni davlat, millatni esa millat sifatida dunyoga tanituvchi muhim huquqiy hujjatdir.

Shu sababli, yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir ongli fuqaroning asosiy qonunimiz — Konstitutsiyamiz moddalarini mukammal bilishi va uni hayotga toʻgʻri tatbiq etishi, oʻz burchlarini sidqidildan bajarishi lozim. Konstitutsiya qabul qilingan sana munosabati bilan Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi  va uning tarkibidagi dala ekspeditsiyalarda "Qomusimni bilmoq istadim" mavzusida xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa tegishli qonun hujjatlari boʻyicha bilimlarini baholash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi.

Ushbu tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va Konstitutsiyaviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Share in social media

Useful links