1. Home
  2. Press center
  3. News

“Qon topshir – hayot in’om et!”

23

Joriy yilning 19-iyun kuni "Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ tomonidan “Qon topshir – hayot in’om et!” shiori ostida xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiya donorlik harakatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash hamda tibbiyot muassasalarining qon zaxirasini to‘ldirishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida jamiyat xodimlari ixtiyoriy ravishda qon topshirib, inson hayotini saqlab qolishdek ezgu va savobli ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Aksiya ishtirokchilari donorlikning jamiyat salomatligini ta’minlashdagi ahamiyati, bemorlar hayotini saqlab qolishdagi o‘rni hamda insonparvarlik qadriyatlarini yuksaltirishdagi roli haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.



“Qon topshir – hayot in’om et!” xayriya aksiyasi jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy tashabbuslardan biri bo‘ldi. "Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ bundan buyon ham ana shunday ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni muntazam qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Share in social media

Useful links