- Home
- Press center
- News
Qizilqumda ochiq muloqot tashkil etildi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi va 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan soha mutaxassislari va xodimlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xususan, Bosh qomusimizning 33 yilligi munosabati bilan “Qomusimni bilmoq istadim” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sohaga oid qonun hujjatlari yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiya – kelajak kushandasi” shiori ostida korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.
Davlat organlari mutasaddilari va mas’ullar ishtirok etgan ushbu tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaldagi qonunchilik talablari, korrupsion xatti-harakatlar uchun javobgarlik, shuningdek, Konstitutsiyamizdagi muhim bandlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
