- Home
- Press center
- News
“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. So‘nggi yillardagi til islohoti natijasida ona tilimizning jozibasi oshdi. O‘tgan davr mobaynida tilimiz milliy birligimiz va o‘zligimiz ramziga aylandi. Shuningdek, yurtimizda 21-oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Resublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti ilmiy xodimi ma’ruza qilib, o‘zbek tilining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, davlat tili maqomi berilishi va bugungi kunda til siyosatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida fikr bildirildi. Tadbir so‘ngida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.