1. Home
  2. Press center
  3. News

O‘zbek tili — millat faxri: geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida ona tiliga ehtirom

31

Oʻzbek geologiya qidiruv AJ tarkibidagi ekspeditsiya hamda laboratoriya majmualarida 21-oktyabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi. "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tadbirlar ona tilimizning naqadar muqaddas va bebaho ekanligini yana bir bor namoyon etadi.

O‘tkazilgan maʼnaviy tadbirlarda ona tili inson qalbiga ezgu fazilatlarni singdiruvchi asosiy manba ekanligi, uning millat ruhini birlashtiruvchi kuch sifatida beqiyos ahamiyati alohida taʼkidlandi. Xodimlar davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish, tilni asrab-avaylash va rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Jumladan, Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "Qadring baland boʻlsin, Ona tilim" mavzusida ommaviy diktant yozish tadbiri oʻtkazilib, xodimlarning ona tiliga boʻlgan hurmati va bilim saviyasi sinovdan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Analitik laboratoriya majmuasi, Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi va Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi hamda Hisor, Toshkent markaziy geologiya qiriuv ekspeditsiyalari xodimlari ishtirokida davra suhbatlari boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek tilining boy tarixi, bugungi kundagi oʻrni hamda yosh avlodning ona tiliga ehtiromini yanada oshirish masalalari chuqur muhokama qilindi.

Share in social media

Useful links