- Home
- Press center
- News
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJda mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Bosh muhandisi o‘rinbosari B. Eshmurzayev raisligida ishbay mehnatga haq to‘lash tizimini raqamlashtirish hamda mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Yig‘ilishda markaziy ekspeditsiyalar rahbarlari hamda jamiyatning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida dala ekspeditsiyalari rahbarlari, uchastka boshliqlari va texnolog xodimlarni rag‘batlantirish hamda mukofotlash ko‘rsatkichlarini ishbay baholar asosida hisoblash, ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilish darajasi bilan o‘zaro bog‘lash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, uning shaffofligi hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan qator takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.
Yig‘ilish natijalari jamiyatda zamonaviy va samarali mehnat munosabatlarini shakllantirish, xodimlarni rag‘batlantirishning adolatli mexanizmlarini joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
