- Home
- Press center
- News
Ona tili — millat tafakkuri ifodasi
69
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda Davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo’yicha “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko’ra o’zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi.
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida 21-oktyabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Zarafshon shahar hokimiyati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas'ul xodimi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.