1. Home
  2. Press center
  3. News

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun yuzasidan yig‘ilish seminar bo‘lib o‘tdi

675

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-210-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda 2024-yil 5-iyunda O‘RQ-931-son bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Yig‘ilishda:

Qonunning 5 ta bob, 33 moddadan iboratligi;

Ushbu Qonunning maqsadi;

Tatbiq etilish chegarasi;

yaqin qarindoshlar doirasi;

xodimning majburiyatlari;

Xodimning faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha cheklovlar;

Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnomani taqdim etish tartibi;

Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash manbalardan olingan maʼlumotlar orqali o‘rganishi;

Manfaatlar to‘qnashuvi hollarini tartibga solish uchun choralar tushuntirildi hamda xabardor qilindi. Yig‘ilish so‘ngida savol-javob va muzokaralar olib borildi.

Share in social media

Useful links