- Home
- Press center
- News
Hududlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi va Analitik laboratoriya majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etildi.
.jpg)
Unda qonunimizning tarixiy ahamiyati, uning demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish jarayonida Konstitutsiyamizda belgilangan inson huquq va erkinliklari, fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim normalar, shuningdek, geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari haqida ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir davomida ishchi-xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarur ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari — ishchi-xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish to‘g‘rsida so‘z bordi.

.jpg)
