- Home
- Press center
- News
Burg‘ilash ishlarining xronometraj kuzatuvi oʻtkazilmoqda
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yildagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ barcha Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida zamonaviy gidravlik burg‘ilash uskunalarida HQ, NQ diametrli kolonkali burg‘ilash ishlarining xronometraj kuzatuvini o‘tkazish hamda haqiqatda vaqt va texnologik materiallar sarfini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning №82 sonli buyrug‘i ijrosini taminlash maqsadida Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasidagi burg'ilash uskunalarida xronometraj kuzatuvi o'tkazilmoqda. Xususan, Qayragʻoch maʼdanli maydonining Sharqiy uchastkasida HQ va NQ diametrli kolonkali burg'ilash ishlarida xronometraj kuzatuvi olib borildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad haqiqatda vaqt va texnologik materiallar sarfini aniqlash, texnologik materiallar hisobini yuritilishini yanada takomillashtirishdan iborat. Natijada burg‘ilash ishlarini sifatli vа uzluksiz olib borish choralari ko‘riladi.




