1. Home
  2. Press center
  3. News

Burgʻilash uskunalaridan samarali foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish masalalari muhokama qilindi

50

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJda togʻ-kon burgʻilash uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishdan koʻzlangan asosiy maqsad burgʻilash uskunalarining uzluksiz va samarali ishlashini taʼminlash, texnik nosozliklar sababli yuzaga keladigan toʻxtab qolish holatlarining oldini olish, rejadan tashqari taʼmirlashlar sonini kamaytirish hamda sohaga masʼul mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishdan iborat boʻldi.

Shuningdek, yigʻilishda mexanika xizmatlari faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi, uskunalarning ishonchli ishlashini taʼminlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berilib, togʻ-kon burgʻilash uskunalarining texnik holatini doimiy nazorat qilib borish, texnik xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Share in social media

Useful links