1. Home
  2. Press center
  3. News

Bosh qomusizmiz qabul qilinganligi va Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etil

79

Joriy yilning 4-dekbar kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ijro apparatida yuridik bo‘limi boshlig‘i G‘.Cho‘ponov tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi va 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Davra suhbatida Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolati ekanligi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darjasida ekanligi hamda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali bu illatga qarshi kurashish zarurligi ta’kidlandi.

 

 

 

Share in social media

Useful links