1. Home
  2. Press center
  3. Announcement

Diqqat, e’lon!

40

Regional markaziy tasvirlash ekspeditsiyasi kosmogeologik tadqiqotlar yo‘nalishi bo‘yicha fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida mutaxassisni hamkorlikka taklif etadi.

Asosiy vazifalar:

• Kosmogeologik tadqiqotlarni amalga oshirish;
• Copernicus ma’lumotlari asosida raqamli modellar yaratish;
• Kosmik tasvirlarni dastlabki qayta ishlash va tahlil qilish;
• Masofaviy zondlash (DZZ) materiallari hamda ularni qayta ishlash usullarini asoslash;
• Tog‘ jinslari va minerallarning kosmik tasvirlari hamda aks ettirish spektrlari asosida dastlabki xaritalar tuzish;
• Istiqbolli hududlarning prognoz xaritalarini ishlab chiqish;
• Qadimiy davr yotqiziqlarining monografik va ishchi tavsiflarini tayyorlash;
• Prognoz resurslarining operativ o‘sishi bo‘yicha oraliq va yakuniy hisobotlarni tayyorlash;
• Loyihalar uchun tayanch va ishchi legendalarni ishlab chiqish;
• Yakuniy hisobotlarga taqriz va maslahat xulosalarini tayyorlash.

Talablar:

• Geologiya, geoinformatika, GIS, masofaviy zondlash yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
• Kosmik tasvirlar va GIS texnologiyalari bilan ishlash tajribasi;
• Analitik va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Belgilangan muddatlarda sifatli natijalarni taqdim etish.

Ish shakli: Fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida.

Nomzodlardan rezyume va malakasini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish so‘raladi.

Telefon:  (97) 710 75 86

Share in social media

Useful links