"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. Пресс-конференции

Пресс-конференции

Hisobot davrida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi
Hisobot davrida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1200 - 1800 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Axborot xizmati rahbari Mirshod Qo‘ldoshev maʼlum qildi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ o‘tgan davrda yer qaʼrini geologik o‘rganish xususan rangli qimmatbaho metallar va boshqa foydali qazilma maydonlarida geologik-qidiruv ishlarini tashkil etish, rangli va qimmatbaho metallarning istiqbolli maydonlarini topish uchun ilmiy-tematik ishlar, bashoratli resurslar va mavjud maydonlarning mayda, o‘rta va yirik masshtabli geologik xaritalarini yaratish asosida respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish borasida qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, 2024 yilda aksiyadorlik jamiyati geologiya-qidiruv ishlarini olib borish foydali qazilma konlarini izlash, baholash va laboratoriya tahlil jarayonlarini, topografik, geologik tasvirlash hamda xaritalash ishlarini amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat byudjeti, shartnoma asosida NKMK va OKMK mablag‘lari hisobidan 142 ta loyiha asosida oltin, kumush, mis, qurg‘oshin va rux, volfram, noyob metall va kamyob yer elementlar, ko‘mir va boshqa noruda foydali qazilmalarga geologik qidiruv ishlarini hamda laboratoriya tadqiqot ishlarini bajardi. Yil yakunida 20 ta loyiha bo‘yicha geologiya – qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy geologik hisobot tuzildi, aniqlangan zaxira va bashorat resurslari Davlat balansiga qabul qilindi. 2024 yilda asosiy foydali qazilmalar bo‘yicha bajarilgan zaxira va bashorat resurslari ko‘rsatkichlari 100% bajarildi. Geologiya-qidiruv ishlarining asosiy qismini burg‘ilash jarayonlari tashkil qiladi. 2024 yilda jami 746 918 p.m. burg‘ilash ishlari olib borildi. Jumladan shnekli burg‘ilash 107 662 p.m., xavo zarbali burg‘ilash 119 329 p.m., xaritali burg‘ilash 63 527 p.m., kolonkali burg‘ilash 456 399 p.m. hamda yer osti tog‘-kon ishlari 8 803 p.m. va yer usti tog‘-kon ishlari 259 820 m3 tashkil qildi. Hisobot davrida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1200 - 1800 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi. Bu esa albatta, maʼdan tanalarining chuqurlikkacha o‘rganish, foydali qazilma resurslari va mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda katta ahamiyatga ega. Geologiya-qidiruv ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, sohaga dunyoning zamonaviy texnika va tehnologiyalarni jalb qilish maqsadida aerogeofizika va dron uskunalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida ish turining tannarxi kamaytirildi sarflanadigan vaqt tejaldi va ish samaradorligi bir necha barobarga oshirildi. Geologiya-qidiruv ishlari natijasida olingan namunalarni aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi namuna maydalash sexlarida qayta ishlanib tahlil qilish uchun laboratoriyalarga yuboriladi. Laboratroiyalarda zamonaviy uskunalar yordamida tahlil ishlari amalga oshirilib xulosalar olinadi. So‘ngi yillarda sifatni boshqarish masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki umuman davlatning iqtisodiy manfaatlari diqqat markazida bo‘lib turibdi. Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tashkilotlarda xalqaro standartlarga mos sifatni boshqarish tizimini joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sifatni boshqarishning yetakchi g‘oyalari va zamonaviy usullarini milliy korxonalar tomonidan amalga tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda 2024 yil “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatini qo‘lga kiritdi. Taʼkidlash kerakki, jamiyat faoliyatining barcha bosqichlarida baholash tizimi joriy etilib, ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq, kompaniyaning tashqi va ichki konteksti batafsil o‘rganib chiqildi va kompaniyani yana-da rivojlantirish imkoniyatlari belgilab olindi.

305

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar
Aksiyadorlik jamiyatida 2024 yil davomida 20 dan ortiq Korrupsiyaga qarshi ichki me’yoriy hujjatlar va ISO xalqaro standart talablari bo‘yicha ish olib borildi. Aksiyadorlik jamiyatning 2024 yil 29 yanvardagi 09-sonli buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlangan. Ushbu dasturga muvofiq 17 tadbir belgilab olinib 75 foizi belgilangan vaqtlarda 20 foizi ma’lum sabablarga ko‘ra muddatidan kechiktirib bajarildi. Jamiyatning boshqaruv apparatida 30 dan ortiq boshqarma va bo‘limlarda hamda mustaqil bo‘lmagan 7 ta hududiy tarkibiy bo‘linmalar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorlik reytingi E-antikor.uz platformasi baholash joriy etilishi sabab 2024 yil 19 fevraldagi 17-son buyruq bilan “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti” yangi tahrirda tasdiqlandi. e-antikor.uz platformasi orqali aksiyadorlik jamiyatining funksiyalar doirasida ma’lumotlar to‘ldirildi. Natijada 30 ta funksiyalar xavf-xatarlar baholanish jarayonida 7 ta “Yuqori”, 9 ta “O‘rta” va 14 ta “Past” darajada qayd etildi. 2024 yil 17 may kuni mazkur xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha 16 banddan iborat chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan. 2024 yil dasturda belgilangan tadbirlar mezonlar doirasida bajarildi. Hamda bu mezonlar xavf-xatarlarning Yuqoridan-o‘rtaga, o‘rtadan-past darajaga tushishiga asos bo‘lishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish borasida 3762 nafar xodim tomonidan deklaratsiyalar to‘ldirildi. Jumladan, Markaziy apparatda 142 nafar, “Qizilqum” MGQEda 878 nafar, Markaziy laboratoriyada 82 nafar, “Samarqand” MGQEda 852 nafar, “Toshkent” MGQEda 620 nafar, “Xisor” MGQE 474 nafar “Regional” MGTE 678 nafar xodimlar deklaratsiyalarni to‘ldirdi. To‘ldirilgan deklaratsiyalarda yuzasidan 42 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Axloq komissiyasi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi emas deb topildi. Kon-geologiya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-sentabrda 36-3403-sonli xat asosida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Jamiyatning 16 nafar xodimda (shundan 3 nafari “Regionalgeologiya” DM xodimi) 17 ta tadbirkorlik subyektlarida rahbar yoki o‘z ulushiga ega ekanligi natijasida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi vaziyat yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan 16 nafar xodimlarga yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi ham 13 ta holat bartaraf etildi. 2024 yil aksiyadorlik jamiyati tomonidan xaridlar sohasida jami 1932 ta shartnomalar rasmiylashtirildi. Shulardan: - elektron do‘kon orqali – 1194; - koorporatsion birja orqali – 406; - auksion orqali – 207; - spot orqali – 9; - tanlov orqali – 39; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri – 14. Barcha tuzilgan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi bandlar kiritildi. Korrupsiyaga qarshi bandlarni kiritishni rad etish holatlari mavjud emas. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qarori talablari asosida shartnoma imzolangan. Yil davomida 31 ta kontragentlarni tekshirishdan o‘tkazilib korrupsiyaviy holatlar (manfaatlar to‘qnashuvi) aniqlanmadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga hamda eng yaxshi tanlov bo‘yicha shartnomalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha bandlari kiritilishi yo‘lga qo‘yildi. Hisobot davrida 57 ta ish o‘rniga jami 161 nafar nomzod tanlovdan o‘tkazildi. Shundan 57 nafari ishga qabul qilinib, nomzodlar kompleks tekshiruvdan o‘tkazildi. Aksiyadorlik jamiyatining boshqarma, bo‘lim hamda tarkibiy bo‘linmalarda o‘qitish rejasiga muvofiq 2024-yilning davomida 151 ta o‘quv seminar, huquqiy targ‘ibot, profilaktik tadbir va davra suhbatlari o‘tkazildi. Hamda tadbirlar doirasida 1753 nafar rahbar va xodimlar qamrab olindi. Hisobot davrida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi aloqa kanallari orqali tarkibiy bo‘linmalar kesimida 2 ta bir turdagi, ya’ni Tarkibiy bo‘linmalar xodim va ishchilaridan qora va rangli metall parchalarini yig‘ishga yoki o‘rniga pul yig‘ish holati bo‘yicha anonim xabar kelib tushgan. Xabarlar bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalaridagi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiquvchi Ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. O‘rganish mingdan ortiq ishchi-xodim a’zo bo‘lgan telegram kanalida anonim so‘rovnoma o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Xabarning anonimligi va tegishli dalil, hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli Ishchi guruh tomonidan tarkibiy bo‘linmalarning rahbariga qora va rangli metall parchalarini yig‘ib topshirish rejalarini topshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi, xodimlardan bu bo‘yicha majburlov va pul yig‘ishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirildi. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga ogohlantirishlar berildi. Monitoring va nazorat tadbirlari doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq yanvar-fevral oylarida Aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo‘linmalarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yuzasidan auditdan o‘tkazilib, ayrim buyruqlarni Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bilan kelishmaslik, ishga qabul qilingan xodimlarni Aksiyadorlik jamiyati ichki me’yoriy hujjatlari bilan to‘liq tanishtirilmaganligi, bir qator boshqarma va bo‘limlarning yillik ish rejasi ishlab chiqilmaganligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib nomuvofiqliklar bartaraf etildi. Jumladan: -ishga qabul qilish tartibida ko‘zda tutilmagan taklif xati bilan ishga qabul qilishni chek qo‘yish; - xarid jarayonlarida shartnomalarni kelishish tartibiga rioya qilinishi; -tasdiqlangan hujjat va ichki me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanish sanalaridagi nomuvofiqliklarini bartaraf etish. Shu bilan birga yuqori turuvchi organ va tashkilotlar tomonidan kiritilgan taqdimnoma va ichki xizmat tekshiruvlariga asosan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 10 nafar Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

327

2024 yilda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Markaziy laboratoriya tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida
Assalomu alaykum! 2024 yilda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Markaziy laboratoriya tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot. 2024 yilda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi korxonalari uchun bir qator tahliliy tadqiqotlar o‘tkazdi. Jumladan, - o‘lchovlarning bir xilligi tizimini yaratish, yaʼni turli laboratoriyalarda bitta namunani tahlil qilish natijalari normativ hujjatlarga muvofiq ruhsat etilgan og‘ishlar chegarasiga to‘g‘ri kelishi uchun sharoit yaratish kabi usullarni hamda o‘lchash usullarini, tog‘ jinslari va rudalar tarkibining standart namunalarini, tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirilishini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalishda 2024-yilda 11 ta o‘lchashni bajarish usuli qayta attestatsiyadan o‘tkazildi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxonalar buyurtmalari asosida umumiy og‘irligi qariyb 1,5 tonna bo‘lgan tog‘ jinslari va ruda ishlab chiqaruvchilarning9 turdagi standart namunalari ishlab chiqildi. Uchta meʼyoriy-huquqiy hujjat qayta ko‘rib chiqildi va yangi tahrirda tuzildi. 2024-yilda soha ishlab chiqarish korxonalari va tashqi tashkilotlar uchun Markaziy laboratoriyaning ixtisoslashtirilgan laboratoriyalari tomonidan quyida keltirilgan hajmdagi tahliliy tadqiqot ishlari amalga oshirildi: - mineralogik tadqiqotlar - 1200 ta namuna; - oltinni sintillyatsiya usulida aniqlash - 63000 ta namuna; - oltin va kumush uchun asillik sinovlari - 43 000 ta namuna; - oltinni “zolotometriya” usulida o‘lchash - 40 000 ta namuna; - 120 000 ta ga yaqin namuna spektral usulda tahlil qilindi; - 20 000 ta ga yaqin namuna kimyoviy tahlil qilindi; - 43 000 ta namuna mass-spektral tahlili o‘tkazildi. Laboratoriya o‘tgan davr mobaynida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi korxonalari buyurtmalari uchun tog‘ jinslari va rudalar ishlab chiqaruvchi standart namunalarini ishlab chiqardi. Natijada 2024 yil 26 dekabr sanasida O‘z DSt ISO 17034:2021 xalqaro standarti bo‘yicha standart namunalar ishlab chiqarish huquqi uchun O‘ZAK.SN.0001 akkreditatsiya guvohnomasi oldi. Markaziy laboratoriya “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati vakili sifatida O‘zbekistonda bunday huquqqa ega bo‘lgan birinchi va yagona tashkilot hisoblanadi. Aniqlanish chegarasi 0,005 g/t bo‘lgan oltinni aniqlashning zamonaviy usuli, yaʼni atom yutilishi usuli bilan tugatiladigan asillik usuli Respublikamiz hududidagi geologik obyektlari sharoitiga moslashtirildi va Markaziy laboratoriyada ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etildi. 2025-yildan boshlab asillik tahlilining asosiy qismi atom yutilishi bilan tugatiladi. Markaziy laboratoriya inspeksiya nazorati va qiyosiy tajribalar o‘tkazish orqali tarmoq laboratoriyalarining holatini nazorat qiladi. 2024-yilda 4 bosqichda laboratoriya malakaviy sinovlari va 7 ta inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi. “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi Markaziy laboratoriyaning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini atroflicha o‘rganib, 2024-yil 31-yanvarda Markaziy laboratoriyaga provayder sifatida tarmoq laboratoriyalari malakasini solishtirma tajriba yordamida tekshirish bo‘yicha ishlarni “Muvofiqlikni baholash” xalqaro standarti bo‘yicha amalga oshirish huquqini berdi. Shuningdek, ISO 17025:2019 bo‘yicha guvohnoma olish uchun hujjatlar “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DMga topshirilib, ayni vaqtda ISO 17043:2024 bo‘yicha esa guvohnoma olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ketmoqda. 2024-yil 5-dekabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasida suv obyektlarini tahlil qilish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda sohaning suv tahlilini o‘tkazuvchi barcha laboratoriyalari: Markaziy laboratoriya, Analitik laboratoriya majmuasi, “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Mineral resurslar instituti, Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati, Olmaliq kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati, Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi laboratoriyasi, “Navoiyuran” davlat korxonasi va boshqalar ishtirok etdi. Seminar ishtirokchilari tomonidan sohadagi gidrokimyo laboratoriyalaridagi muammolar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi va manfaatdor tashkilotlarga yuborildi. Laboratoriyalar malakasini tekshirishning eng samarali usullaridan biri laboratoriyalararo qiyosiy sinovlar hisoblanadi. Markaziy laboratoriya MDH davlatlarida o‘tkaziladigan qiyosiy sinovlarda faol ishtirok etadi.  Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda Markaziy laboratoriya Rossiya federatsiyasining “Minstandart” MCHJ ning PFO-5-2024 “Rudalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari”; GSO-3-2024 “Tarkibida oltin va kumush bor rudalar”; PFO-3-2024 “Rudalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari” dasturlari bo‘yicha uchta qiyosiy sinovlarda ishtirok etdi. Uchta holatda ham Markaziy laboratoriya o‘zining yuqori malakasini ko‘rsatdi va reytingda faxrli 2 o‘rinni egalladi. Aytish kerakki, 2024-yil qiyosiy sinovlar natijalariga ko‘ra Markaziy laboratoriya tahlillar sifati bo‘yicha MDH ning 149 laboratoriyasi orasida 2-o‘rin egalladi. O‘tgan davr mobaynida laboratoriya faoliyati bo‘yicha bir qator jo‘rnallarda maqolalar chop etildi.

458

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da jamiyat tomonidan yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da O‘zbek geologiya qidiruv aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot — “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlar qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, sportga jalb etish kabi yo‘nalishlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida 4000 dan ortiq hodimlar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shundan 1300 dan ziyod qismini yoshlar tashkil qiladi. Sohada yoshlarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 77 nafar yoshlar jamiyat hisobidan oliy taʼlim muassalarida tahsil olishmoqda. Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, mehnatga haq to‘lash, mehnat muhofazasi, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, ishchi-xizmatchilarning oylik maoshlarini o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish, madaniy-maʼrifiy va sport-sog‘lomlashtirish ishlari borasida 2024 yilda ham bir qator ishlar qilindi. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda ularning oila aʼzolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, maʼnaviy va jismoniy kamolotiga yordam berish, yosh avlodning jismoniy baquvvat va maʼnaviy ruxda tarbiyalash, sport turlari bilan shug‘ullanishlarini keng yo‘lga qo‘yish, sportning ommaviyligini taʼminlash borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ barcha tizim osti korxona va tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oya asosida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostidagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi kubogi sport musoboqalari tashkil etilib, 400 ga yaqin yoshlar qamrab olindi. Xotin-qizlarni sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlarini taʼminlash maqsadida sport to‘garaklariga yo‘llanma olib berildi. Shu bilan birga Kasaba uyushmasi tashkiloti tashabbusi bilan sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarning bilimi, isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, o‘zlarining ixtisosliklarini chuqur o‘rganish, shu orqali o‘z ustida ishlashni tashkil qilish, kasb mahoratini yuksaltirish, ilg‘or texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish va sohada xizmat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarni har tomonlama moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Tanlov ikki yo‘nalishda “Yilning eng faol yosh muhandis texnik xodimi” va “Yilning eng faol yosh geologi” yo‘nalishlarida tashkil qilinib, jami 300 dan ziyod yoshlar qamrab olindi. 2024 yilda aksiyadorlik jamiyati tomonidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni salomatligini tiklash, xonadonini taʼmirlash va boshqa maqsadlarda jami 2 mlrd (1 983 687 638) so‘m miqdorda moddiy yordam asosida qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bundan tashqari sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarni yana-da qo‘llab-quvvatlash ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida aksiyadorlik jamiyati va tarkibiy bo‘linmalarida rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda yoshlar o‘zini qiziqtirgan mavzulardagi savollarga rahbarlardan kerakli javoblarni olishdi. Bu kabi muloqotlar yil davomida uzluksiz tashkil etib kelinadi. Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, jamiyat tomonidan faol va tirishqoq yoshlar doim rag‘batlantirilib yuqori lavozimlarga ko‘tarilib kelinmoqda. Zero, har bir xodim o‘zining eʼtibor markazida ekanligini his qilsa, faoliyat yuritayotgan korxonasiga, jamoasiga ko‘proq naf keltiradi, o‘z vazifasini chin dildan bajaradi. Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalarida har oyda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashib kelmoqda. Shuni taʼkidlash joizki, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ularning mehnatini alohida eʼtirof etish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish kabi masalalar tashkilotning birinchi galdagi vazifasidir.   “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Yoshlar yetakchisi - ACHILOV Akbar

371

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
— Assalomu alaykum! — “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot. Aksiyadorlik jamiyatning 2024-yil 29-yanvardagi 09-sonli buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlangan. Ushbu dasturga muvofiq 17 tadbir belgilab olinib 75 foizi belgilangan vaqtlarda 20 foizi ma’lum sabablarga ko’ra muddatidan kechiktirib bajarildi.          Jamiyatning boshqaruv apparatida 30 dan ortiq boshqarma va bo‘limlarda hamda mustaqil bo‘lmagan 7 ta hududiy tarkibiy bo‘linmalar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari amalga oshirildi.          Jamiyatda 20 dan ortiq korrupsiyaga qarshi va tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlar bo‘lib, barcha xodim va rahbar ushbu hujjatlar doirasida ish yuritadilar.          Tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi samaradorlik reytingi E-antikor.uz platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi menejment tizimida olib borilgan ishlar bo‘yicha baholash joriy etilishi sabab 2024 yil 19 fevraldagi 17-son buyruq bilan “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti” yangi tahrirda tasdiqlandi.             e-antikor.uz platformasi orqali aksiyadorlik jamiyatining funksiyalar doirasida ma’lumotlar to‘ldirildi. Natijada 30 ta funksiyalar xavf-xatarlar baholanish jarayonida 7 ta “Yuqori”, 9 ta “O‘rta” va 14 ta “Past” darajada qayd etildi. 2024 yil 17 may kuni mazkur xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha 16 banddan iborat chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan. Joriy yilning 25 dekabr kuniga dasturda belgilangan tadbirlar mezonlar doirasida bajarildi. Hamda bu mezonlar xavf-xatarlarning Yuqoridan-o‘rtaga, o‘rtadan-past darajaga tushishiga asos bo‘lishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish borasida 3940 nafar xodim tomonidan deklaratsiyalar to‘ldirildi. Jumladan, Markaziy apparatda 142 nafar, “Qizilqum” MGQEda 878 nafar, Markaziy laboratoriyada 82 nafar, “Samarqand” MGQEda 852 nafar, “Toshkent” MGQEda 620 nafar, “Xisor” MGQE 474 nafar “Regional” MGTE 856 naqar xodimlar deklaratsiyalarni to‘ldirdi. Hozirgi kunga kelib to‘ldirilgan deklaratsiyalarda yuzasidan 42 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.          Kon-geologiya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-sentyabrda 36-3403-sonli xat asosida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Jamiyatning 16 nafar xodimlari (shundan 3 nafari “Regionalgeologiya” DM xodimi) 17 ta tadbirkorlik sub’ektlarida rahbar yoki o‘z ulushiga ega ekanligi natijasida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi vaziyat yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan 16 nafar xodimlarga bir oylik muddatda yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi ham 11 ta holat bartaraf etilib qolgan qismi bartaraf etish jarayonida. Joriy yil aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yil davomida xaridlar sohasida jami 1854 ta shartnomalar rasmiylashtirilgan. Shulardan: - elektron do‘kon orqali – 1155; - koorporatsion birja orqali – 382; - auksion orqali – 255; - spot orqali – 9; - tanlov orqali – 39; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri – 14. Barcha tuzilgan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi bandlar kiritilgan. Korrupsiyaga qarshi bandlarni kiritishni rad etish holatlari mavjud emas. Kontragentlarni tekshirish borasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qarori talablari asosida shartnoma imzolangan 14 ta yonilg‘i mahsulotlari bo‘yicha jami 86 308 727 600 so‘mlik, 39 ta eng yaxshi tanlov orqali 62 953 632 596,12 so‘mlik tuzilgan shartnoma yuzasidan 31 ta kontragentlarni tekshirish o‘tkazilib korrupsiyaviy holatlar (manfaatlar to‘qnashuvi) aniqlanmadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga hamda eng yaxshi tanlov bo‘yicha shartnomalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha bandlari kiritilishi yo‘lga qo‘yilgan. Hisobot davrida 57 ta ish o‘rniga jami 161 nafar nomzod tanlovdan o‘tkazildi. Shundan 57 nafari ishga qabul qilinib, nomzodlar kompeks tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatning 2024-yil 29-yanvardagi 09-sonli buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” ining 9-bandiga muvofiq Aksiyadorlik jamiyatining boshqarma, bo‘lim hamda tarkibiy bo‘linmalarda o‘qitish rejasi ishlab chiqilgan. 2024-yilning davomida 22 ta o‘quv seminarlari, 21 ta huquqiy targ‘ibot, profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Hamda tadbirlar doirasida 1120 rahbar va xodimlar qamrab olindi. Hisobot davrida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi aloqa kanallari orqali tarkibiy bo‘linmalar kesimida 2 ta bir turdagi, ya’ni Tarkibiy bo‘linmalar xodim va ishchilaridan qora va rangli metall parchalarini yig‘ishga yoki o‘rniga pul yig‘ish holati bo‘yicha anonim xabar kelib tushgan. Xabarlar bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalaridagi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiquvchi Ishchi guruh tomonidan holatlar mingdan ortiq ishchi-xodim a’zo bo‘lgan telegram kanalida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi. Xabarning anonimligi va tegishli dalil, hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli Ishchi guruh tomonidan tarkibiy bo‘linmalarning rahbariga qora va rangli metall parchalarini yig‘ib topshirish rejalarini topshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi, xodimlardan bu bo‘yicha majburlov va pul yig‘ishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirildi. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga ogohlantirishlar berilib Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan yillik dastur doirasida tarkibiy bo‘linmalarga uyushtirilgan xizmat safarlari davomida ishchi-xodimlar ishtirokida takroriy anonim so‘rovnomalar olish orqali monitoringni olib borish, monitoring natijalariga ko‘ra tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga jiddiy choralar ko‘rilishi belgilab olindi. Monitoring va nazorat tadbirlari doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq yanvar-fevral oylarida Aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo‘linmalarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yuzasidan auditdan o‘tkazilib, ayrim buyruqlarni Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bilan kelishmaslik, ishga qabul qilingan xodimlarni Aksiyadorlik jamiyati ichki me’yoriy hujjatlari bilan to‘liq tanishtirilmaganligi, Xaridlarni muvofiqlashtirish va tahlil qilish boshqarmasi, Monitoring bo‘limi, Moddiy texnik-ta’minot bo‘limi, Xaridlar boshqarmasi, Marketing bo‘limi, Xaridlar bo‘limi va Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish bo‘limlarning yillik ish rejasi ishlab chiqilmaganligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib birinchi chorak yakuniga qadar yakunlash belgilab yillik ish rejalari ishlab chiqildi. Ushbu dasturga muvofiq rag‘batlantirish va mukofotlar monitoringi o‘tkazilib, asossiz rag‘batlantirish va mukofot pullari to‘lanmagan. Har chorak yakunida Yoqilg‘i moylash maxsulotlari, to‘lovlar, rahbatlantirishlar, ishga qabul jarayonlari, Xaridlar sohalari monitoring tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan: -ishga qabul qilish jarayonlarida tartibda ko‘zda tutilmagan taklif xati bilan ishga qabul qilishga chek qo‘yish; - xarid jarayonlarida shartnomalarni kelishish tartibiga rioya qilinishi; -tasdiqlangan hujjat va ichki me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanish sanalaridagi nomuvofiqliklarini bartaraf etish. Shu bilan birga aniqlangan qoidabuzarliklar bo’yicha  O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 12.12.2023-yildagi 17/53-sonli qarori bilan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Aksiyadorlik jamiyatining 18.01.2024-yil 3-sonli buyrug‘i bilan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 3 nafar Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi intizomiy jazosi qo‘llanildi. - Aksiyadorlik jamiyati yuristi G‘.Chuponovning da’vo ariza kiritish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar noto‘g‘ri berilganligi sababli 18,8 mln. so‘m ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilganligi yuzasidan bildirgisi hamda Aksiyadorlik jamiyatining 06.02.2024-yildagi 14-sonli buyrug‘i asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib 1 nafar xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan. - Aksiyadorlik jamiyatining Xisor MGQE haydovchisi F. Norovning Kon-geologiya vazirligi “ishonch telefoni” orqali yo‘llagan murojaati yuzasidan 15.03.2024-yildagi 31-sonli buyrug‘i asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib 6 nafar xato va kamchiliklarga yo‘l xodimga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida hamda hayfsan intizomiy jazolari qo‘llanilgan.

384

Состоялась пресс-конференция по итогам 2023 года, достигнутым результатам и проектам, запланированным на 2024 год
25 апреля текущего года в Национальном пресс-центре Узбекистана в АО “Узбекгеологоразведка” состоялась пресс-конференция по итогам 2023 года, достигнутым результатам и проектам, запланированным на 2024 год. В нем приняли участие представители СМИ и журналисты. На пресс-конференции была представлена информация об основных задачах АО “Узбекгеологоразведка”. В частности, общество геологического изучения недр Земли заключается в расширении минерально-сырьевой базы республики на основе организации геологоразведочных работ на месторождениях цветных драгоценных металлов и других полезных ископаемых, научно-тематических работ по поиску перспективных месторождений цветных и драгоценных металлов, составления прогнозных ресурсных и мелкомасштабных геологических карт существующих месторождений. В 2023 году акционерное общество геолого - разведочные работы выполнил процессы поиска, оценки и лабораторного анализа месторождений полезных ископаемых, топографические, геологические изображения и картографирование. На территории Республики Узбекистан за счет государственного бюджета и специальных средств на основе 48 проектов на площади 1430 км2 выполнены геологоразведочные работы на золото, медь, свинец и цинк, вольфрам, редкие металлы и редкоземельные элементы, геологоразведочные работы на полезные ископаемые норуда, а также лабораторные исследования. К концу года было завершено 10 проектов, а выявленные резервные и прогнозные ресурсы были переданы комиссии по государственным резервам. В общей сложности в прошлом году было произведено 640 974 п.м. бурения, что составляет основную часть геологоразведочных работ. В том числе бурение по шнеку составило 61 887 п.м., проходка ствола - 86 915 п.м., картографическое бурение - 71 074 п.м., колонковое бурение - 421 071 п.м., а также подземные горные работы - 4 334 п.м., а объем открытых горных работ составил 243 534 м3. За прошедший период с помощью современного бурового оборудования были проведены буровые работы на глубину от 1000 до 1200 метров. Это, безусловно, имеет большое значение в расширении базы минеральных ресурсов и минерально-сырьевой базы. Проведенные геологоразведочные работы соответствуют территории Навоийской, Самаркандской, Кашкадарьинской, Сурхандарьинской, Джизакской и Ташкентской областей Республики. В результате геологоразведочных работ не только разработка государственных запасов позволит увеличить сырьевую базу, но и Навоийского и Олмаликского комбинатов. Образцы, полученные в результате геологоразведочных работ, анализируются в лабораториях Акционерного общества и выдается окончательное заключение. В 2023 году Центральная лаборатория взяла на себя ряд обязанностей по организации качественного лабораторного исследования образцов. В соответствии с повышением операционной эффективности, средне и долгосрочной стратегией развития акционерного общества "Узбекгеологоразведка". Центральная лаборатория активно участвует в сравнительных испытаниях, проводимых в государствах Содружества независимых государств. В 2023 году, принимая участие в двух сравнительных испытаниях по программам ПК №RMO-2-2023 "Полиметаллические руды" и РO-1-2023 "Платиновые руды" ООО "Минстандарт" в Российской Федерации, в обоих случаях лаборатория показала свою высокую квалификацию и заняла место в рейтинге с почести. Также разработанный в Центральной лаборатории метод "Определение массовой доли рения в горных массивах с помощью микроволнового плазменного атомно-эмиссионного спектрометра Agilent 4200 Mr-AES" получил признание среди стран СНГ и Северной Америки. Метод был включен Научным советом по аналитическим методам Всероссийского научно-исследовательского института минерального сырья имени Федоровского в число методов, которые могут быть использованы при проведении геологоразведочных работ на твердые полезные ископаемые в странах Содружества независимых государств. Это первый за последние 40 лет метод, включенный в справочник стилей, который может быть применен при проведении геологоразведочных работ на территории Узбекистана. В то же время, во втором квартале 2024 года, принимая во внимание большой опыт Центральной лаборатории в области аналитических исследований и межлабораторных сравнений, технический комитет своим решением уполномочил АО "Узбекгеологоразведка", в качестве поставщика квалификационной проверки (PPK) лабораторий, проводящих исследования в области анализа природных объектов: В целях создания небезопасных производственных условий в обществе и его территориальных подразделениях было обеспечено соблюдение требований пожарной безопасности, безопасности дорожного движения, санитарных и экологических норм, правил безопасности при проведении геологоразведочных и вспомогательных работ. Принимаются меры по снижению негативного воздействия геологоразведочных работ на природную среду и охране природы. Кроме того, в экспедициях проводились строительные и ремонтные работы с целью создания благоприятных условий труда для сотрудников, работающих в акционерном обществе. В целях экономии производимой в нашей стране электроэнергии, налаживания использования альтернативных источников энергии Акционерным обществом было установлено и введено в эксплуатацию более 500 кВт солнечных фото электростанций. Сегодня около 3400 сотрудников, работающих в Акционерном обществе, регулярно проходят обучение по разработанным программам. В частности, за прошедший год более 800 сотрудников получили профессиональную квалификацию в институте повышения квалификации в области наук о земле, 40 сотрудников в Инспекции по надзору за горным делом, геологией и промышленной безопасностью, 25 сотрудников в международной учебной компании “CERT academy International training company” и ряд других учебных курсов. Следует также отметить, что 211 сотрудников обучались в высших учебных заведениях и 60 сотрудников - в техническом училище. В 2023 году в целях формирования здорового образа жизни среди сотрудников и повышения эффективности духовно-просветительской работы в Акционерном обществе были проведены соревнования "Спорт – залог здоровья", "Кубок профсоюза", " «Молодцы, женщины»", а также более 400 сотрудников были направлены на оздоровительные центры. Также в целях организации местных туров по всей республике были организованы мероприятия по внутреннему туризму под лозунгом "Путешествуй по Узбекистану" с участием сотрудников. В рамках этого около 700 сотрудников посетили исторические города нашей страны. В целях разработки, внедрения, анализа и совершенствования системы антикоррупционного менеджмента в конце 2023 года Акционерное общество получило международную сертификацию системы антикоррупционного менеджмента по стандарту Iso 37001:2016. Осуществляет все меры, необходимые для предотвращения, выявления и пресечения случаев коррупции в соответствии с международными стандартами. В 2024 году на основе реализации государственной программы в "Год молодежи и поддержки предпринимательства" планируется дальнейшее развитие геологоразведочных работ и организация геологоразведочных работ в зарубежных странах, в частности, расширение видов услуг по буровым работам и технологиям, развитие геофизических исследований, модернизация и укреплять потенциал в области моделирования, наземных и воздушных геофизических работ, а также внедрять. В конце пресс-конференции ответственные лица подробно ответили на вопросы журналистов.

822

Полезные ссылки