"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. Новости

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport maydonida birdamlik

75

Joriy yilning 14-yanvar kuni Milliy gvardiyaning Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati hamda Qurolli Kuchlar faxriylar kengashi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ, Qurolli Kuchlar faxriylar kengashi, O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamda O‘FA Faxriylar kengashi rahbarlari ishtirok etib, ushbu sport musobaqasiga alohida fayz bag‘ishladilar.

Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi Vatan himoyachilariga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni ifoda etish, jamiyatda harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, shuningdek, turli soha vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Futbol uchrashuvi davomida jamoalar sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va jamoaviylik tamoyillariga asoslangan holda bellashdilar.

Sport tadbiri faxriylarning hayotiy va xizmat tajribasini qadrlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat, fidoyilik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish orqali ijtimoiy faollik va jamoatchilik birdamligini mustahkamlashga xizmat qildi.

Ushbu o‘rtoqlik o‘yini tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida xizmat qilgan harbiylar va mehnat jamoalari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni yanada mustahkamlab, mamlakatimizda harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega tadbir sifatida e’tirof etildi.

Поделиться

Полезные ссылки