"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. Новости

Kasbim faxrim

107

Har bir inson hayot yo‘lida qalbiga yaqin bo‘lgan kasbni tanlab, unga butun vujudi bilan mehr qo‘yadi. Kasbga shunchaki ega bo‘lish emas, balki uning mazmun-mohiyatini chuqur anglab, o‘z sohasida yetuklikka erishishgina insonni chinakam yutuqlarga eltadi. Aynan shunday fidoyilik va sadoqatni hayot mezoniga aylantirgan insonlardan biri — Abduazimova Irina Musayevnadir. 

Abduazimova Irina Musayevna 1959-yildan buyon geologiya sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. U hozirgi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati Regional markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasining Stratigrafiya partiyasida yetakchi geolog lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zining 66 yillik sermazmun mehnat faoliyati davomida u geologiya sohasining turli bosqichlarida samarali xizmat qilgan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Geologiya boshqarmasining paleontologiya partiyasida kollektor sifatida boshlagan Irina Musayevna keyinchalik texnik geolog, otryad boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishladi. Har bir bosqichda u o‘z bilim va tajribasini yanada boyitib, yosh mutaxassislarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Irina Musayevna o‘zining chuqur bilimlari va ilmiy salohiyati bilan geologiya faniga munosib hissa qo‘shgan mutaxassisdir. U 10 dan ortiq yirik loyiha va hisobotlar ustida ishlagan, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi, 2 ta monografiya hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston hududidagi mezokaynozoy davri yotqiziqlari bo‘yicha yaratilgan Atlasning yetakchi mualliflaridan biri bo‘lishi uning yuksak ilmiy saviyasidan dalolat beradi.

Eng e’tiborlisi, Irina Musayevna bugungi kunda ham ilmiy izlanishlardan to‘xtab qolmagan holda, bir qator loyihalar va hisobotlar ustida faol ish olib bormoqda. Jamoa orasida u o‘zining kamtarligi, mas’uliyatliligi va fidoyiligi bilan katta hurmat qozongan.


Shubhasiz, Abduazimova Irina Musayevna kabi o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan insonlar yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Uning sermazmun hayot yo‘li va samarali mehnati “Kasbim -faxrim” degan yuksak tushunchaning yorqin ifodasidir.

Поделиться

Полезные ссылки