- Главная
- Пресс-центр
- Новости
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish – barqaror rivojlanish omili
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-aprelda qabul qilingan “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-133-son qarori ijrosini sifatli va oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida aksiyadorlik jamiyati Energetika bo‘limi tashabbusi bilan energiya samaradorligiga erishish usullari mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar energiya resurslaridan oqilona foydalanish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga elektr va yoqilg‘i-energiya resurslarini tejashning zamonaviy usullari, bino va inshootlarda energiya auditini o‘tkazishning ahamiyati, audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish orqali erishiladigan iqtisodiy va texnik samaradorlik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, energiya auditining asosiy maqsadi – energiya yo‘qotishlarini aniqlash, iste’molni optimallashtirish va xarajatlarni qisqartirishdan iborat ekani alohida ta’kidlandi.
Seminarda energiya samaradorligini oshirish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish muhim vazifa ekanligi qayd etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.
Mazkur seminar Jamiyatda energiya tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
