«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
"O‘zbek geologiya qidiruv" aksiyadorlik jamiyati barcha xodimlarni Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
Siz va oila aʼzolaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka ato etishini tilab qolamiz. Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchangizga muborak boʼlsin!

Sharof Rashidov tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tarmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Viloyatda ilgari hech bunday keng ko‘lamli qurilishlar bo‘lmagan edi. So‘nggi yillarda o‘nlab zavodlar ishga tushirildi, yangi sanoat tarmoqlari paydo bo‘ldi. Shunga yarasha ijtimoiy infratuzilma ham barpo etilmoqda. Sharof Rashidov tumanining bu hududi adir yonbag‘ri, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, 3 ming 936 xonadonli 105 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Uylar 9, 12 va 16 qavatli bo‘lib, bu ham Jizzax sharoitida yangilik. Ayni paytda birinchi bosqich doirasida 204 xonadonli 4 ta ko‘p qavatli uy, markaziy qozonxona, shourum va ichki yo‘llar qurilgan. Yana 16 ta turar joy, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo markazi bunyod etiladi. “Inno texno park” aholini ish bilan ta’minlashda qo‘l keladi. Ikkinchi bosqich 2026-, uchinchisi 2028-yillarga reja qilingan. Bunda uylardan tashqari mahalla markazi, poliklinika, masjid, mehmonxona, bolalar va sport o‘yingohlari, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etiladi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi. Davlatimiz rahbari bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar qurib, imtiyozli ipoteka kreditlari orqali aholiga xarid imkoniyatini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shunga mutanosib ravishda infratuzilma tarmoqlari, maktab, bolalar bog‘chasi kabi ijtimoiy muassasalar qurilishini jadallashtirish, savdo va xizmatlarni, jumladan, yo‘l bo‘yida umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Jizzax viloyatida uchta shunday massiv barpo etilmoqda. Ularda 4 ming 700 xonadonga ega 156 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Aholi barcha ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanadi. “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurish harakati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi farmoniga muvofiq boshlangan. Umuman, mamlakatimizda 53 ta massivda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 14 ming 400 ta xonadonli 409 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Joriy yilda bunday massivlarda 31 ming 447 ta xonadondan iborat 767 ta turar joylar qurilishi belgilangan.

Hisorda Geologiya fanlar universiteti xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Hisor MGQEda Geologiya fanlar universiteti xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GFUda olib borilayotgan taʼlim sifati va bakalavriat, magistratura yo'nalishlarida o‘qish va o‘qitish bosqichlari to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi. Tadbir davomida tashkilot xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda 2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdilar. Matbuot anjumanida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ asosiy vazifalari xususida maʼlumot berildi. Xususan jamiyat yer qaʼrini geologik o‘rganish xususan rangli qimmatbaho metallar va boshqa foydali qazilma maydonlarda geologik-qidiruv ishlarini tashkil etish, rangli va qimmatbaho metallarning istiqbolli maydonlarini topish uchun ilmiy-tematik ishlar, bashoratli resurslar va mavjud maydonlarning mayda, o‘rta va yirik masshtabli geologik xaritalarini yaratish asosida respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishdan iborat. 2023-yilda aksiyadorlik jamiyati geologiya-qidiruv ishlarini olib borish foydali qazilma konlarni izlash, baholash va laboratoriya tahlil jarayonlarini, topografik, geologik tasvirlash hamda xaritalash ishlarini amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat byudjeti va maxsus mablag‘lar hisobidan 48 ta loyiha asosida 1430 km2 maydonda geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirib, bu loyihalar asosida oltin, mis, qurg‘oshin va rux, volfram, noyob metall va kamyob yer elementlar, noruda foydali qazilmalarga geologik qidiruv ishlarini hamda laboratoriya tadqiqot ishlarini bajardi. Yil yakunida 10 ta loyiha tugatilib, aniqlangan zaxira va bashorat resurslari Davlat zaxiralari komissiyasiga topshirildi. Geologik qidiruv ishlarining asosiy qismini burg‘ilash jarayoni tashkil qilib o‘tgan yilda jami 640 974 p.m. burg‘ilash ishlari olib borildi. Jumladan shnekli burg‘ilash 61 887 p.m., xavo zarbali burg‘ilash 86 915 p.m., xaritali burg‘ilash 71 074 p.m., kolonkali burg‘ilash 421 071 p.m. hamda yer osti tog‘-kon ishlari 4 334 p.m., va yer usti tog‘-kon ishlari 243 534 m3 ga ni tashkil qildi. O‘tgan davr mobaynida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1000 - 1 200 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi. Bu esa albatta, foydali qazilma resurslari va mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda katta ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan geologik qidiruv ishlari respublikamizning Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax  va Toshkent viloyatlari hududiga to‘g‘ri keladi. Geologik qidiruv ishlari natijasida nafaqat davlat zaxiralarini rivojlantirish balkim Navoiy va Olmaliq KMKlarining xomashyo bazasi oshiriladi. Geologik qidiruv ishlari natijasida olingan namunalarni aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi laboratoriyalarda tahlil qilinib yakuniy xulosa olinadi. 2023-yilda Markaziy laboratoriya namunalarni sifatli laboratoriya tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha qator muvffaqiyatga erishdi. “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining operatsion samaradorlikni oshirish, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga muvofiq Markaziy laboratoriya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida o‘tkaziladigan qiyosiy sinovlarda faol qatnashib kelmoqda. 2023-yilda Rossiya federatsiyasidagi “Minstandart” MCHJning PK №RMO-2-2023 “Polimetall rudalar” va RO-1-2023 “Platinatarkibli rudalar” dasturlari bo‘yicha ikkita qiyosiy sinovlarda ishtirok etib, ikkala holatlarda ham laboratoriya o‘zining yuqori malakasini ko‘rsatdi va reytingda faxrli o‘rinlardan joy egalladi. Shuningdek, Markaziy laboratoriyada ishlab chiqilgan “Agilent 4200 MR-AES mikroto‘lqin plazmalik atom-emission spektrometridan foydalangan holda tog‘ jinslarida reniyning massaviy ulushini aniqlash” uslubi MDH davlatlari o‘rtasida tan olindi hamda N. Fedorovskiy nomidagi Butunrossiya mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot institutining Analitik usullar bo‘yicha ilmiy kengashi tomonidan uslubni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari bajarilganda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslublar qatoriga kiritildi. Bu 40 yil ichida O‘zbekistondan geologiya qidiruv ishlari bajarilganda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslublar kitobiga kiritilgan birinchi metod hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 2024-yilning birichi choragida Markaziy laboratoriyaning analitik tadqiqotlar va laboratoriyalararo taqqoslash sohasidagi katta tajribasini inobatga olgan holda Texnik qo‘mita o‘z qarori bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasiga tabiiy obyektlarni: suv va qattiq jismlarni tahlil qilish sohasida tadqiqotlar olib boradigan laboratoriyalarning malakasini tekshirish (PPK) provayderi sifatida vakolat berdi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini tejash, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 500 kVt dan ziyod quyosh foto elektr stansiyalari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borayotgan 3400 ga yaqin xodim belgilangan dasturlar asosida muntazam malaka oshirib kelmoqdalar. Xususan o‘tgan yil davomida 800 dan ortiq xodim Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish institutida, 40 ta xodim Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida, 25 ta xodim “CERT academy International training company”da va boshqa bir qator o‘quv kurslarida kasb malakalarini oshirishdi. Yana shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, 211 nafar xodim oliy taʼlim muassasalarida va 60 nafar xodim texnikumda tahsil oldi. 2023-yilda aksiyadorlik jamiyatida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Sport –salomatlik garovi”, “Kasaba uyushmasi kubogi”, “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi musobaqalari o‘tkazildi shuningdek, 400 dan ortiq xodimlar sog‘lomlashtirish markazlariga jo‘natildi. Shuningdek, Respublika bo‘ylab mahalliy sayohatlarni tashkil qilish maqsadida xodimlar ishtirokida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” shiori ostida ichki turizm tadbirlari tashkil etildi. Bunda 700 ga yaqin xodim yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishdi. Aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish maqsadida 2023 yil yakunida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini qo‘lga kiritdi. Xalqaro standart asosida korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni amalga oshirmoqda. Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Sirajov 2024-yilda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida geologiya qidiruv ishlarini yana-da rivojlantirish va xorijiy davlatlarda ham geologiya qidiruv ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, burg‘ilash ishlari va texnologiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, geofizik tadqiqotlarni rivojlantirish, modellashtirish, yer va havo geofizikasi ishlarini bajarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kuchaytirish, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or tajriba va uslublarni joriy etish ko‘zda tutilish haqida batafsil ma’lumot berdi. Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berib o'tdi.     “O‘zbek geologiya qidiruv” Axborot xizmati  

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi maʼsul xodimlari tomonidan 2024 yilga mo‘ljallangan ish-rejasi asosida Samarqand MGQEga qarashli Zarmitan dala ekspeditsiyasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi. Unda korrupsiyaga qarshi tushuntirish ishlari yaʼni yoqilg‘i maxsulotlari sarfi, ishlatilishi, yo‘l varaqalari yuritilish bo‘yicha monitoring ishlari o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbirida Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari va huquqiy asoslari mavzusida o‘tkazilib 50 ta dala sharoitida 11 ta, maʼmuriy binoda 39 ishchi xodimlar qamrab olinib ularda korrupsiyaga qarshi murosasizlik munosabatlari shakllantirildi.

Matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Bugun 25-aprel soat 11:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida  «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan  2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar xususida Matbuot anjumani bo'lib o'tadi.  📺 Matbuot anjumani UzReport TV telekanali va aksiyadorlik jamiyatining YouTube (https://studio.youtube.com/channel/UCPAa9UquQ_xMZ1-EjdOkCeA/livestreaming) dagi sahifasi orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, (https://lex.uz/ru/docs/-6000285) joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq  funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi. Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi. Keng jamoatchilik ushbu havola orqali (http://e-anticor.uz/oz/ratings/registry) davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega. Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Burg‘ilash ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy apparatida 2022-yil aprel oyida burg‘ilash va yer usti va yer osti tog‘-kon ishlarining ijrosi tahlil qilindi. Unda Bosh muhandis - Sh.Sirajov va tarkibiy bo‘linma rahbarlari hamda muhandislari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda dala uchastkalarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini reja asosida bajarilishiga to‘siq bo‘layotgan omillar ko‘rib chiqildi hamda maʼsullarning bartaraf etish bo‘yicha takliflari eshitildi.

Qo‘rg‘ontosh istiqbolli maydonida kaliy tuziga geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan yillik reja asosida geologiya qidiruv ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Markaziy ekspeditsiya tarkibidagi Qashqadaryo dala ekspeditsiyasi tomonidan Tyubegatan kaliy tuz konining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Qurg‘ontosh istiqbolli maydonida kaliy tuzlarini baholash ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yilga mo‘ljallangan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish Davlat dasturi hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2024-yilga mo‘ljallangan geologik qidiruv rejasi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida aniqlangan maʼdan tanalarida C1+C2 toifadagi kaliy tuzini sanoatbop zaxiralarini hisoblash ko‘zda tutilgan. Qo‘rg‘ontosh maydonida 2024-2025-yillarda jami 12 ta umumiy chuqurligi 4750 p.m. bo‘lgan burg‘ilash quduqlarini o‘tish loyihalashtirilgan bo‘lib, shundan 1-2-burg‘ilash quduqlarida 389 va 370 p.m. uzunlikda burg‘ilash ishlari yakunlandi, hozirda 3-4-burg‘ilash quduqlarida burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.    “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Axborot xizmati

"O‘zbek geologiya qidiruv" aksiyadorlik jamiyati barcha xodimlarni Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
Siz va oila aʼzolaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka ato etishini tilab qolamiz. Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchangizga muborak boʼlsin!

Sharof Rashidov tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tarmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Viloyatda ilgari hech bunday keng ko‘lamli qurilishlar bo‘lmagan edi. So‘nggi yillarda o‘nlab zavodlar ishga tushirildi, yangi sanoat tarmoqlari paydo bo‘ldi. Shunga yarasha ijtimoiy infratuzilma ham barpo etilmoqda. Sharof Rashidov tumanining bu hududi adir yonbag‘ri, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, 3 ming 936 xonadonli 105 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Uylar 9, 12 va 16 qavatli bo‘lib, bu ham Jizzax sharoitida yangilik. Ayni paytda birinchi bosqich doirasida 204 xonadonli 4 ta ko‘p qavatli uy, markaziy qozonxona, shourum va ichki yo‘llar qurilgan. Yana 16 ta turar joy, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo markazi bunyod etiladi. “Inno texno park” aholini ish bilan ta’minlashda qo‘l keladi. Ikkinchi bosqich 2026-, uchinchisi 2028-yillarga reja qilingan. Bunda uylardan tashqari mahalla markazi, poliklinika, masjid, mehmonxona, bolalar va sport o‘yingohlari, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etiladi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi. Davlatimiz rahbari bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar qurib, imtiyozli ipoteka kreditlari orqali aholiga xarid imkoniyatini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shunga mutanosib ravishda infratuzilma tarmoqlari, maktab, bolalar bog‘chasi kabi ijtimoiy muassasalar qurilishini jadallashtirish, savdo va xizmatlarni, jumladan, yo‘l bo‘yida umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Jizzax viloyatida uchta shunday massiv barpo etilmoqda. Ularda 4 ming 700 xonadonga ega 156 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Aholi barcha ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanadi. “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurish harakati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi farmoniga muvofiq boshlangan. Umuman, mamlakatimizda 53 ta massivda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 14 ming 400 ta xonadonli 409 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Joriy yilda bunday massivlarda 31 ming 447 ta xonadondan iborat 767 ta turar joylar qurilishi belgilangan.

Hisorda Geologiya fanlar universiteti xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Hisor MGQEda Geologiya fanlar universiteti xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GFUda olib borilayotgan taʼlim sifati va bakalavriat, magistratura yo'nalishlarida o‘qish va o‘qitish bosqichlari to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi. Tadbir davomida tashkilot xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda 2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdilar. Matbuot anjumanida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ asosiy vazifalari xususida maʼlumot berildi. Xususan jamiyat yer qaʼrini geologik o‘rganish xususan rangli qimmatbaho metallar va boshqa foydali qazilma maydonlarda geologik-qidiruv ishlarini tashkil etish, rangli va qimmatbaho metallarning istiqbolli maydonlarini topish uchun ilmiy-tematik ishlar, bashoratli resurslar va mavjud maydonlarning mayda, o‘rta va yirik masshtabli geologik xaritalarini yaratish asosida respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishdan iborat. 2023-yilda aksiyadorlik jamiyati geologiya-qidiruv ishlarini olib borish foydali qazilma konlarni izlash, baholash va laboratoriya tahlil jarayonlarini, topografik, geologik tasvirlash hamda xaritalash ishlarini amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat byudjeti va maxsus mablag‘lar hisobidan 48 ta loyiha asosida 1430 km2 maydonda geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirib, bu loyihalar asosida oltin, mis, qurg‘oshin va rux, volfram, noyob metall va kamyob yer elementlar, noruda foydali qazilmalarga geologik qidiruv ishlarini hamda laboratoriya tadqiqot ishlarini bajardi. Yil yakunida 10 ta loyiha tugatilib, aniqlangan zaxira va bashorat resurslari Davlat zaxiralari komissiyasiga topshirildi. Geologik qidiruv ishlarining asosiy qismini burg‘ilash jarayoni tashkil qilib o‘tgan yilda jami 640 974 p.m. burg‘ilash ishlari olib borildi. Jumladan shnekli burg‘ilash 61 887 p.m., xavo zarbali burg‘ilash 86 915 p.m., xaritali burg‘ilash 71 074 p.m., kolonkali burg‘ilash 421 071 p.m. hamda yer osti tog‘-kon ishlari 4 334 p.m., va yer usti tog‘-kon ishlari 243 534 m3 ga ni tashkil qildi. O‘tgan davr mobaynida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1000 - 1 200 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi. Bu esa albatta, foydali qazilma resurslari va mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda katta ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan geologik qidiruv ishlari respublikamizning Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax  va Toshkent viloyatlari hududiga to‘g‘ri keladi. Geologik qidiruv ishlari natijasida nafaqat davlat zaxiralarini rivojlantirish balkim Navoiy va Olmaliq KMKlarining xomashyo bazasi oshiriladi. Geologik qidiruv ishlari natijasida olingan namunalarni aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi laboratoriyalarda tahlil qilinib yakuniy xulosa olinadi. 2023-yilda Markaziy laboratoriya namunalarni sifatli laboratoriya tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha qator muvffaqiyatga erishdi. “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining operatsion samaradorlikni oshirish, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga muvofiq Markaziy laboratoriya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida o‘tkaziladigan qiyosiy sinovlarda faol qatnashib kelmoqda. 2023-yilda Rossiya federatsiyasidagi “Minstandart” MCHJning PK №RMO-2-2023 “Polimetall rudalar” va RO-1-2023 “Platinatarkibli rudalar” dasturlari bo‘yicha ikkita qiyosiy sinovlarda ishtirok etib, ikkala holatlarda ham laboratoriya o‘zining yuqori malakasini ko‘rsatdi va reytingda faxrli o‘rinlardan joy egalladi. Shuningdek, Markaziy laboratoriyada ishlab chiqilgan “Agilent 4200 MR-AES mikroto‘lqin plazmalik atom-emission spektrometridan foydalangan holda tog‘ jinslarida reniyning massaviy ulushini aniqlash” uslubi MDH davlatlari o‘rtasida tan olindi hamda N. Fedorovskiy nomidagi Butunrossiya mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot institutining Analitik usullar bo‘yicha ilmiy kengashi tomonidan uslubni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari bajarilganda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslublar qatoriga kiritildi. Bu 40 yil ichida O‘zbekistondan geologiya qidiruv ishlari bajarilganda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslublar kitobiga kiritilgan birinchi metod hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 2024-yilning birichi choragida Markaziy laboratoriyaning analitik tadqiqotlar va laboratoriyalararo taqqoslash sohasidagi katta tajribasini inobatga olgan holda Texnik qo‘mita o‘z qarori bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasiga tabiiy obyektlarni: suv va qattiq jismlarni tahlil qilish sohasida tadqiqotlar olib boradigan laboratoriyalarning malakasini tekshirish (PPK) provayderi sifatida vakolat berdi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini tejash, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 500 kVt dan ziyod quyosh foto elektr stansiyalari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borayotgan 3400 ga yaqin xodim belgilangan dasturlar asosida muntazam malaka oshirib kelmoqdalar. Xususan o‘tgan yil davomida 800 dan ortiq xodim Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish institutida, 40 ta xodim Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida, 25 ta xodim “CERT academy International training company”da va boshqa bir qator o‘quv kurslarida kasb malakalarini oshirishdi. Yana shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, 211 nafar xodim oliy taʼlim muassasalarida va 60 nafar xodim texnikumda tahsil oldi. 2023-yilda aksiyadorlik jamiyatida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Sport –salomatlik garovi”, “Kasaba uyushmasi kubogi”, “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi musobaqalari o‘tkazildi shuningdek, 400 dan ortiq xodimlar sog‘lomlashtirish markazlariga jo‘natildi. Shuningdek, Respublika bo‘ylab mahalliy sayohatlarni tashkil qilish maqsadida xodimlar ishtirokida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” shiori ostida ichki turizm tadbirlari tashkil etildi. Bunda 700 ga yaqin xodim yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishdi. Aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish maqsadida 2023 yil yakunida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini qo‘lga kiritdi. Xalqaro standart asosida korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni amalga oshirmoqda. Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Sirajov 2024-yilda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida geologiya qidiruv ishlarini yana-da rivojlantirish va xorijiy davlatlarda ham geologiya qidiruv ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, burg‘ilash ishlari va texnologiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, geofizik tadqiqotlarni rivojlantirish, modellashtirish, yer va havo geofizikasi ishlarini bajarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kuchaytirish, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or tajriba va uslublarni joriy etish ko‘zda tutilish haqida batafsil ma’lumot berdi. Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berib o'tdi.     “O‘zbek geologiya qidiruv” Axborot xizmati  

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

Burg'ilash uskunalari
Ishchilar
Texnikalar
Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz