«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
18-noyabr – O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda davlat ramzlarining xalqimiz hayotidagi o‘rni, ularni ulug‘lash va kelajak avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. So‘ngra korxona mas’ullari O‘zbekiston bayrog‘ining ramziy ma’nolari, uning tarixiy ahamiyati hamda yurtimiz taraqqiyoti jarayonidagi o‘rni haqida ma’ruza qilishdi.  Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv xodimlarda vatanparvarlik, davlat ramzlariga hurmat va sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar takliflari tinglandi
Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida 14-noyabr kuni navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda, sohadagi texnologik yangilanishlar, yosh xodimlar uchun malaka oshirish va qo‘shimcha o‘quv dasturlari, jamoada sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish, xususan, kitobxonlik va zakovat o‘yinlarida faol ishtirokni rag‘batlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, soha bo‘yicha eng dolzarb masalalar, kutilayotgan modernizatsiya jarayonlari hamda yangi texnologiyalarning joriy etilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklifalarini bildirishdi. Rahbariyat tomonidan har bir masala bo‘yicha aniq javoblar berilib, tegishli topshiriqlar qayd etildi.

Geologiya – milliy iqtisodiyotning asosiy poydevori
Geologiya-qidiruv ishlari natijasida mineral-xomashyosi boy mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi tarixdan maʼlum. Bu borada O‘zbekiston ham yer osti tabiiy boyliklariga boy davlatlardan biri hisoblanadi. Uning zaminida sanoat va investitsiyalar o‘sishi uchun asos yaratuvchi oltin, uran, mis, kamyob yer metallari va boshqa strategik zaxiralar mavjud. Sohaning alohida ahamiyatini inobatga olgan holda, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilib, uning zimmasiga geologiya-qidiruv ishlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish vazifasi yuklatildi.Bugun barqaror taraqqiyot, “yashil” energetika va strategik xomashyo turlariga jahon hamjamiyatining qiziqishi ortib borayotgan bir paytda geologiya-qidiruv ishlarining ahamiyati milliy iqtisodiyot doi­rasidan chiqib, xalqaro drayver sohaga aylanmoqda. So‘nggi yillardagi islohotlar natijasida yurtimiz har tomonlama o‘sish va rivojlanishda dadil qa­damlar qo‘yib bormoqda. Albatta, bu o‘zgarishlar davlatimiz rah­bari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat natijasidir. Bugungi kunda barcha tarmoqlar kabi geologiya sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari mustahkam­landi. Geologiya sohasi korxonalarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish orqali ularda samarali boshqaruv tizimini joriy etish, foydali qazilma­larning yangi konlarini ochishga yo‘naltirilgan geo­logiya-qidiruv ishlari tannarxini pasaytirish, konlarni sanoatda o‘zlashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investi­siyalar oqimini ko‘paytirish maqsadida 2021 yil «Markaziy laboratoriya» DUK, “Samarqand­geologiya” AJ, “Surxongeologiya” AJ, “Toshkentgeologiya” AJ, “Qizil­qumgeologiya” AJ, “Geo­burtexnika” DUK va “Hisor­geologiya” AJlarni qo‘shib yuborish orqali ular negizida «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tashkil etilgan edi. Natijada, O‘zbekiston hududida geologiya qi­diruv ishlariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy korporativ bosh­qaruv tizimiga ega yagona bir katta tashkilot paydo bo‘ldi. Bu transformatsiya jarayoni nafaqat boshqa­ruvda, balki geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirishga katta xizmat qildi. O‘tgan davrda korxona sohaga zamonaviy va yuqori samarali uskunalarni, ilg‘or texnika va innovatsion texnolo­giyalarni joriy etish hamda sohani modernizatsiya qilish hisobiga geologiya qidiruv ishlarini uch barobarga oshirdi.Bugungi kunda jamiyatda 4,5 mingdan ziyod malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi. Jamiyat tarkibida 4 ta markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalari va Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi, Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi, shuningdek, 5 ta analitik laboratoriyalar, 13 ta dala ekspeditsiyasi mavjud bo‘lib, ular respublikamiz bo‘ylab geologiya­qidiruv ishlarini jadal amalga oshirmoqda.Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi, sanoatning qon tomiri bo‘lgan geologiya sohasida yangi davr boshlandi. Sohaga eng ilg‘or texnologiyalar olib kelindi. Natijada yer osti boyliklari zaxirasi va prognozlari karrasiga o‘sdi. Sohaga 3D seysmorazvedka, ayerogeo­fizika, raqamli geologiya joriy etildi.Geologiya-qidiruv ishlari – bu ko‘zga ko‘rinmas, ­ammo mashaqqatli mehnat hisoblanadi. Geologlarning har bir topilmasi – yangi zavod, yangi ish o‘rnidir. Barchamizga maʼlumki, O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat hisoblanadi. Ayniqsa, sanoat uchun muhim bo‘lgan volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit va titan kabi 30 dan ortiq texnologik minerallar mavjud. Bu kabi foydali qazilmalarni izlab topish natijasida konchilik, metallurgiya, energetika, kimyo va qurilish sanoatining barqaror ishlashi uchun poydevor bo‘ladi. Afsuski, ilgari bu salohiyat to‘liq ro‘yobga chi­qarilmagan, foydali qazilmalarni izlash, texnogen chiqindilarni qayta ishlash va mahsulotga aylantirish borasida yetarlicha investitsiya jalb etilmagan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan geo­logiya sohasini yangi bosqichga olib chiqilishi natijasida bugun yangi konlar ochilib, sanoat tarmoqlari kengaymoqda. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ o‘tgan 4 yil mobaynida 13 000 km2 maydondan ziyod hududda batafsil geologiya qidiruv ishlarini olib bordi. Geologiya-qidiruv ishlari natijasida 20 ga yaqin konlarning zahiralari hisoblab chi­qildi va davlat zahiralari komissiyasida tasdiq­landi. Xususan, Avliyo, Ko‘rmitin, Aqba, Hayotboshi, Zimbiltau, Vodiy (oltin), Miskon (mis), O‘rikli, Nilyu (­ko‘mir), Sariko‘l, Xo‘jadiq (volfram), Xondiza, Maydonsoy, Lashkerek (polimetall), Ko‘rg‘ontosh, Tyubegatan (kaliy), Sho‘rop (gips), Vandon (qum-shag‘al) kabi konlar shular jumlasidandir.Bu kabi foydali qazilmalar yashil energetika, elektromobil va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, geologiya sohasi iqtiso­diyotning asosiy tayanchi, investitsiya va eksport manbai, energetika va sanoat rivojlanishining kaliti, shuningdek, hududiy infratuzilma va bandlikni taʼminlovchi omil hisob­lanadi.Taʼkidlash joizki, qonunchilik va tashkiliy asoslar mustahkamlanib, yuqori qo‘­shilgan qiymatga ega mahsu­lotlar ishlab chi­qarishga qaratilgan yirik loyihalar bo‘yicha ishlar ko‘paymoqda. Eng muhim vazifalardan biri – zamonaviy texnologiyalar asosida qimmatbaho xom-ashyoni rudadan ajratib olish, uni tozalash va yuqo­ri sifatli mahsulotga aylantirishdir. Bu borada «O‘z­bek geologiya qidi­ruv» AJ muhim rol o‘ynamoqda. Jamiyat foydali qazilma­larni aniqlash, ularni sanoatga yo‘naltirish bo‘yicha salmoqli loyiha­larni amalga oshir­moqda. Geologik izlanishlar o‘rta va uzoq muddatli dasturlar asosida olib boriladi hamda ular har yili yangilanib boriladi. Bugungi kunda eng faol geo­logiya qi­diruv ishlari Navoiy, Samarqand, Toshkent va bosh­qa viloyatlarning tog‘ va tog‘ oldi hudud­larida keng ko‘lamda olib boril­moqda. Foydali qazilmalar resurslarini va zaxiralarini oshirish aksiyadorlik jamiyati oldida turgan asosiy fazifalardandir.Islohotlar tufayli sohaga ilg‘or uskunalar, innovatsion texnologiyalar joriy etildi. Bu esa o‘z navbatida ish sifati va surʼatini sezilarli darajada oshirdi. Bugungi kunda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ chu­qurligi 2 km gacha bo‘lgan foydali qa­zilmalar uchun mo‘ljallangan ko‘p yo‘nalishli bur­g‘ilash uskunalarining eng yirik parki hisoblanadi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi qo‘llab quvvatlovi va amalga oshirilgan mu­him chora-tadbirlar natijasida «O‘zbek gelogiya qidi­ruv» AJ 50 donadan ortiq jahon standartlariga mos zamonaviy gidravliklashtirilgan DBC Makina kompaniyasining ESD-9, S-15,21 va SONMAK kompaniyasining RX-4 markali burg‘ilash uskunalari xarid qilinib, ish jarayoniga tatbiq qilindi va buning natijasida bur­g‘ilash parki 56 foizga yangilanib, bur­g‘ilash uskunalari 151 taga, yordamchi maxsus texnikalar 400 dan oshdi.Hozirgi davr geologiya sohasining yangi bosqichi bo‘lib, ilgari o‘rganilmagan maydonlar bugun to‘liq qam­rab olinmoqda. Yil sayin foydali qazilmalar ro‘yxati kengay­moqda, zamonaviy uslublar, jumladan, aero-­geofizika usuli qo‘llanilmoqda. Bu usul ha­vodan turib yer qatlamining geofizik xususiyatlarini tez va aniq o‘rganish imkonini beradi. Ilgari konlarni aniq­lash uchun o‘n yillar kerak bo‘lgan bo‘lsa, ho­zir bu ish bir necha yil ichida amalga oshirilmoqda.2025 yilda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan 100 dan ortiq loyiha doirasida geologiya qidiruv ishlari rejalashtirilgan. Hozir mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram kabi rudali foydali qazil­malar hamda qurilish materiallari va kimyo sanoatida qo‘llanadigan resurslar bo‘yicha ham ishlar baja­rilmoqda.Aksiyadorlik jamiyati geologik burg‘ilash quduqla­rida qo‘llaniladigan yuvuvchi suyuqliklarni tayyorlashda zamonaviy kimyoviy reagentlardan foydalanmoqda. Bu esa o‘z navbatida burg‘ilash quvurlarini, nasos mexanizmlarini, olmosli asboblarni uzoq muddat xizmat qilishiga va kern namunalarini sifatli olishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy kimyoviy reagentlar ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda atrof-muhitga zararli taʼsir darajasini kamaytiradi.«O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari doirasida raqamli texnologiyalar asosida ish jarayonlarini optimallashtirish, maʼlumotlar bazasini markazlashtirish va xalqaro standartlarga muvofiq geologik axborotlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. 2023 yildan boshlab, geologik, geofizik va geokimyoviy maʼlumotlarni yagona elektron ko‘rinishga o‘tkazish, ularni markazlashgan bazada saq­lash va tezkor foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Geobank va Geobank Mobile tizimi joriy etildi. Geobank da saqlanayotgan maʼlumotlar JORC va CRIRSCO xalqaro kodekslari talablariga javob beradi. Bu esa xalqaro investorlar uchun hisobotlar tayyorlash, geologik izlanishlarda sifat kafolatini oshirish hamda qidiruv va qazib olish jarayonlarini xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etish imkoniyatini beradi. Bugun aksiyadorlik jamiyati tomonidan zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali olayotgan kern namunalari 100 foizga yetib, tahlillar aniqligini oshirmoqda. Shuningdek, jamiyat tarkibidagi laboratoriyalarda na­munalarni sifatli tahlil qilish va uning tarkibidagi elementlarni aniq ko‘rsatib berish uchun 150 dan ziyod zamonaviy jihozlar asosida tahlillar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, kimyoviy elementlar soni ham oshib, 70 ga yaqin elementga tahlil jarayonlari o‘t­kazilmoqda. Bu esa yer qaʼridagi noyob elementlar va kamyob metallar bo‘yicha aniq, sifatli maʼlumotlar olishga xizmat qiladi.Zamonaviy geologiya-qidiruv ishlarini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab chi­qarish jarayonlarining har bir bosqichiga raqamlash­tirish va avtomatlashtirish jarayonlari joriy etil­moqda. Jamiyat ham ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etmoqda. Avvalo, raqamli texnologiyalar ish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini bermoqda. Yaʼni ekspeditsiya­larda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari, ishchi kuchidan foydalanish, texnik resurslar sarfi, hatto yo‘qo­tishlar yoki ortiqcha xarajatlar onlayn tarzda ko‘ril­moqda. Bu jarayonlar foto va video lavhalar bilan hujjatlashtirilib, tezkor qaror qabul qilish imkonini yaratmoqda. Shamsiddin ALIMOV, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ Boshqaruv raisi

Modernizatsiya va yangi texnologiyalar – geologiya sohasi taraqqiyotining asosiy omili
Modernizatsiyaning tarixiy ahamiyati Geologiya va tog‘-kon sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim strategik o‘rin egallaydi. O‘tgan asrning o‘rtalarida mutaxassislar asosan mexanik va ko‘p quvvat talab qila­digan uskunalardan foydalangan, ularning ish unumdorligi cheklangan, xavfsizlik darajasi esa past bo‘l­gan. Natijada ish jarayoni ko‘p vaqt talab qiladi, xavfsizlik talablari yetarli darajada taʼminlanmas edi. Ayniqsa, burg‘ilash jarayonlarida ko‘pincha texnik nosozliklar sababli quduqlarda avariyalar yuz bergan, geologik namuna olishda yo‘qotishlar katta bo‘lgan.O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy taraqqiyot­ning asosiy garovi – bu ishlab chi­qarish jarayonlarini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy texnologiya­larni tadbiq qilish va ish unumdorligini oshirishdan iborat. Shu nuq­tai nazardan so‘nggi yillarda geologiya sohasida amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakat mineral-xom ashyo bazasini mustahkam­lashda asosiy omilga ay­lanmoqda.Bugungi kunda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan qo‘lga kiri­tilayotgan zamonaviy burg‘ilash uskunalari, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar ilgari tasavvur qilish qiyin bo‘lgan imkoniyatlarni yaratmoqda. Masalan, 2020 yilda bir uskuna oyiga o‘rtacha 450 metr chuqurlikkacha burg‘ilash ishlarini bajargan bo‘lsa, hozirgi paytda zamonaviy uskunalar orqali bu ko‘rsatkich 2000 metrga yetdi. Bu faqat raqam emas – balki geologiya sohasidagi sifat o‘zgarishlarining yorqin ifodasidir.Modernizatsiya jarayonlari fa­qat texnik jihatdan emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham tarixiy ahamiyatga ega. Chunki ular orqali nafaqat korxonaning raqo­batbardoshligi taʼminlanadi, balki mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga ham hissa qo‘shiladi. Eng muhimi, geologiya sohasidagi har bir qadam kelajak avlod uchun strategik zaxiralar yaratish, ulardan oqilona foydalanish va tabiiy boyliklarni as­rab-avaylash bilan uzviy bog‘­liqdir. Yangi uskunalar – yangi imkoniyatlar 2021–2025 yillar mobaynida jamiyat ekspeditsiyalariga Turkiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy, yuqo­ri samarali burg‘ilash uskunalari olib kirildi. Masalan, 2021–2022 yillarda DBC Makina Sanayi ve Ticaret A.Ş. kompaniyasining gidravliklashtirilgan, jahon standartlariga to‘la javob beradigan ESD-9 hamda S-15, S-21 turdagi dizel va elektr quvvatli uskunalari joriy etildi. Keyinchalik SONMAK RX-4 va DBC S-21 uskunalari hamda elekt­rovoz va vagonlar ham sotib olindi.Bu orqali burg‘ilash ishlarining quvvati va samaradorligi keskin oshdi. Masalan:Yer usti kolonkali burg‘ilash ishlari 2020 yilga nisbatan 35%ga o‘sib, har bir uskuna oyiga 1300 metr ko‘rsatkichga erishdi (2020 yil 450 pog.metrni tashkil qilgan).Yer osti kolonkali burg‘ilash ishlari 30 foizga o‘sib, har bir uskuna oyiga 500 metr (2020 yil 150 pog.metrni tashkil qilgan)ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Zamonaviy reagentlar qo‘llani­shi orqali qiyin qirqimli maydonlarda ham namuna olish samaradorligi 100 foizga yetdi.Bu o‘zgarishlar nafaqat ish sifatini oshirdi, balki xavfsizlik, ish jarayonlarining barqarorligi va vaqt­ning tejalishiga ham xizmat qildi. 2025 yil rejalari va ko‘rsatkichlari Joriy yilda jamiyat tizimida jami 693,7 ming pog.metr burg‘ilash ishlari rejalashtirilgan.Bundan tashqari, jamiyat tizimida yer osti tog‘-kon ishlari 6930 metr, yer usti tog‘-kon ishlari esa 303,1 ming kub metr miqdorda bajarilishi ko‘zda tutilgan.Mazkur ko‘rsatkichlar byudjet mablag‘lari, «Olmaliq KMK» va «Navoiy KMK» hamda shartnoma asosida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy samara va raqobatbardoshlik Har qanday modernizatsiya jarayonining asosiy maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish va mah­sulot yoki xizmatlarning raqobatbar­doshligini taʼminlashdan iborat. Geologiya sohasi ham bundan mustasno emas. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yangilanishlar na­tijasida iqtisodiy samaradorlik keskin oshdi.Avvalo, zamonaviy burg‘ilash us­kunalarining joriy qilinishi qi­diruv ishlarida xarajatlarni optimallashtirish imkonini berdi. Bu esa nafaqat ish unumdorligini oshir­di, balki xizmatlar tannarxini ham sezilarli darajada kamaytirish imkonini yaratdi.Iqtisodiy samaradorlikning yana bir muhim jihati – vaqt tejalishi. Ilgarigi uskunalarda rejadan tashqari to‘xtashlar, ehtiyot qism­larni kutish yoki quduqlarda yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish ko‘p vaqtni oladigan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy stanoklarda bu kabi ho­latlar keskin qisqardi. Natijada sof burg‘ilash vaqti 30 foizdan 48,5 foizgacha oshdi. Bu ko‘rsatkich xalqa­ro standartlarga javob beradigan darajada yuqori hisoblanadi.Shu bilan birga geologiya-qidi­ruv ishlarida samaradorlikning oshishi kompaniyaning xalqaro maydondagi nufuziga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. Bugungi kunda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ nafaqat res­publika hududida, balki xorijiy davlatlarda ham xalqaro tenderlarda ishtirok etib, raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa milliy geologiya sohasini tashqi bozorga olib chiqish va mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, modernizatsiya jarayonlari orqali ishlab chiqarishda energiya va resurslar tejalishi taʼminlan­moqda. Masalan, yoqilg‘i-moy mahsu­lotlaridan oqilona foydalanish, texnologik materiallarni tejash, geologik namuna olishda 100 foiz natijaga erishish – barchasi iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlaridir.Shunday qilib, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish faqat texnik jihatdan emas, balki iqtisodiy jihatdan ham ulkan natijalar ber­moqda. Eng muhimi, bu jarayonlar orqali «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ milliy va xalqaro miqyosda ra­qobatbardosh kompaniyaga aylanib bormoqda. Raqamlashtirish – samaradorlik garovi Zamonaviy geologiya-qidiruv ishlarini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonlarining har bir bosqichiga raqamlash­tirish va avtomatlashtirish jarayonlari joriy etilmoqda. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ ham ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etmoqda.Avvalo, raqamli texnologiyalar ish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini ber­moqda. Yaʼni ekspeditsiyalarda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari, ishchi kuchidan foydalanish, texnik resurslar sarfi, hatto yo‘qotishlar yoki ortiqcha xarajatlar onlayn tarz­da ko‘rilmoqda. Bu jarayonlar foto va video lavhalar bilan huj­jat­lashtirilib, tezkor qaror qabul qilish imkonini yaratmoqda.Ikkinchidan, raqamlashtirish or­qali texnologik materiallar va yoqilg‘i-moy mahsulotlaridan samarali foydalanish taʼminlanmoqda. Masalan, avval ish jarayonlarida yo‘qotishlar yoki samarasiz sarflar ko‘p kuzatilgan bo‘lsa, hozirgi ra­qamli monitoring tizimlari orqa­li ular minimal darajaga kelti­rildi.Uchinchidan, raqamli texnologiya­lar xodimlarning ishini avtomatlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dala sharoitida hisobot tayyorlash, maʼlumot to‘plash, geologik namuna va quduq maʼlumotlarini tizimga kiritish kabi jarayonlar dasturiy komplekslar yordamida av­tomatlashtirildi. Bu esa inson omili taʼsirini kamaytiradi va ish jarayonlarini aniq, tezkor hamda ishonchli qilib beradi.Shuningdek, raqamlashtirish jarayoni xavfsizlikni taʼminlashda ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy datchiklar va sensorlar yordamida uskunalarning ish holati, yer qaʼri­dagi bosim va harorat ko‘rsatkich­lari, xavfli holatlar haqida oldindan ogohlantirish imkoni yaratildi. Natijada avariyalar va ish jarayonida to‘xtash holatlari sezilarli darajada kamaydi.Bundan tashqari raqamli texnologiyalar xalqaro maydonda ham ra­qobatbardoshlikni taʼminlaydi. Chunki bugungi kunda tender va yirik xalqaro shartnomalarda ish jarayonlarini raqamli kuzatish, hisobot­larni elektron formatda taqdim etish, aniq va onlayn maʼlumotlar taqdim qila olish – eng muhim talab­lardan biriga aylandi.Shu tariqa «O‘zbek geologiya qi­diruv» AJ nafaqat texnik modernizatsiya, balki raqamlashtirish jarayonlari orqali ham o‘z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu esa sohaning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, inson mehnatini yengillashtirish, xavfsizlikni taʼminlash va geologiya-qidiruv ishlarini xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshirish imkonini bermoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasidagi vazifalar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Preziden­tining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan topshi­riqlar doirasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamiyat “Navoiyuran” DK bilan tuzilgan shartnoma asosida «Janubiy Sugrali» maydonida geotexnologik quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish ishlarini boshladi. Shu maqsadda Xitoyning SPT-900SE markali aylanuvchi rotorga ega zamonaviy burg‘ilash uskunalari sotib olindi va amaliyotga joriy qilindi. Kadrlar salohiyati va yangi ish o‘rinlari Har qanday modernizatsiya, texnika va texnologiyalarni yangilash jarayonlari inson omilisiz samara bermaydi. Zamonaviy uskunalardan to‘liq foydalanish, raqamli texnologiyalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va geologiya-qidiruv ishlarining sifatini oshirish, avvalo, yuqori malakali kadrlar salohiyatiga bog‘liq.   Sergey DERYAGIN, Boshqaruv raisi o‘rinbosari, bosh muhandis

Iqtisodiy faoliyatning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy boyliklar ulkan ahamiyatga ega. Mineral-xomashyo bazasi mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiya­tini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi ko‘plab omillar bilan chambarchas bog‘liq. Shu jihatdan «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati strategik ahamiyatga ega korxonalardan biri sifatida ajralib turadi. Korxonaning asosiy vazifasi – respublika hududida geo­logiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va foydali qazilma zaxiralarini aniqlashdan iborat. So‘nggi yillarda Jamiyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikani namoyon etmoqda. Bu eng avvalo quyidagi asosiy yo‘nalishlarning rivojlanishi bilan bog‘liq: ● Davlat buyurtmalari. Ular asosan O‘zbekiston hududidagi strategik geologiya-qidiruv loyihala­riga yo‘naltirilgan.● Xususiy sektor buyurtmalari. Xususiy kompaniyalar uchun xomashyo va resurslarni izlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda.● Xalqaro loyihalar. Xorijiy geologiya kompaniyalari bilan ham­korlikda amalga oshirilayotgan qo‘sh­ma loyihalar. Moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda Kompaniya yangi uskunalar, geofizik qurilmalar va axborot texnologiyalarini joriy etmoqda. Shu bilan birga, geologik maʼlumotlarning elektron bazasi yaratildi va raqamlashtirish jarayoni boshlandi. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJning istiqbollari Jamiyatning kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari ancha keng bo‘lib, quyidagilar ustuvor ahamiyat kasb etadi:● Raqamlashtirish. Geologik maʼ­lumotlarni raqamli formatga o‘tkazish va onlayn platformalar orqali maʼlumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.● Xalqaro hamkorlik. Xorijiy geologiya kompaniyalari bilan qo‘sh­ma loyihalarni amalga oshirish.● Taʼlim va kadrlar siyosati. Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yangi mutaxassislar tayyorlash.● Metall tadqiqotlari. Oltin, mis, uran va boshqa strategik metallarni aniqlashga qaratilgan loyiha­larni rivojlantirish. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ mam­lakatning mineral-xomashyo sa­lohiyatini aniqlash va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Jamiyatning iqtisodiy faoliyati nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirish, balki O‘zbekistonni xalqaro geologiya xizmatlari bozoriga olib chiqishda ham katta ahamiyatga ega. Mavjud muammolarni hal etish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali Jamiyat o‘z iqtisodiy samaradorligini oshirishga erishmoqda. «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati moliyaviy hiso­botni xalqaro moliyaviy hisobot standartlari – IFRS (MSFO) tizimiga o‘tkazish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar xalqaro talablarga mos bo‘lib, har yili xalqaro auditorlik tashkilotlari – KPMG, PwC, EY tomonidan o‘tkaziladigan tashqi audit natijalari bo‘yicha ijobiy xulosalar olinmoqda. 2024 yil dekabr oyida S&P Global Ratings kompaniyasi tomonidan jamiyatga “B-” darajasidagi kredit reytingi berildi, bu esa uning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini namoyon etadi. Jamiyatda moliyaviy boshqaruvda avtomatlashtirish va raqamlashti­rish jarayonlari muvaffaqiyatli joriy etildi. Xususan, buxgalteriya hisobi xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq «1S–Predpriyatiye 8.3» dasturiy mahsuloti asosida amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya va moliya bo‘limi xodimlari har yili IT va moliyaviy tahlil bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida IFRS, ACCA bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro geologiya tashkilotlari bilan hamkorlikda malaka oshirish dasturlari amalga oshirilmoqda. 2025 yilgi moliyaviy hisobotda jamiyat faoliyatiga oid barqaror rivojlanishni aks ettiruvchi yangi xalqaro standart – IFRS S1 qo‘lla­niladi. 2026 yilda esa iqlim bilan bog‘liq maʼlumotlarni ochib beruvchi IFRS S2 standartini joriy etish rejalashtirilgan. Bu standartlarni joriy etish bo‘yicha xalqaro auditorlik tashkiloti bilan maslahat­lashuv shartnomasi imzolangan. Ruslan RADJAPOV, Boshqaruv raisi o‘rinbosari, moliya, transformatsiya va xususiylashtirishbo‘yicha direktor

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiya xodimlari uchun Zominning betakror tabiatiga sayohat tashkil qilindi
2025-yil 15-16-noyabr kunlari «Oʻzbek geologiya qidiruv» AJ Kasaba uyushmasi tomonidan Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiya xodimlari uchun Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi. Safar davomida ishtirokchilar Zomin milliy tabiat bogʻiga, Dor yoʻli, Oynavand ko‘prik, ming yillik archaga hamda Sherbuloqning musaffo suviga tashrif buyurdilar. Xodimlar togʻlarning goʻzal manzaralari, toza havo va betakror tabiat bagʻrida mazmunli dam olishdi. Ushbu tadbir xodimlar oʻrtasida jamoaviy birlikni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarziga eʼtiborni kuchaytirish va doʻstona muhitni rivojlantirishga xizmat qildi. Sayohat yakunida ishtirokchilar Zominning tabiiy goʻzalligi va birgalikdagi maroqli lahzalardan olgan iliq taassurotlari bilan qaytishdi.

18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun
“O'zbek geologiya qidiruv” AJ jamoasi nomidan barcha vatandoshlarimizni ushbu ulug‘ kun bilan samimiy muborakbod etamiz hamda bayrog‘imiz abadiy hilpirab turishini tilab qolamiz!

“Bayrog‘im – faxrim, g‘ururim!”
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibiy bo‘linmalarida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im – faxrim, g‘ururim!” shiori ostida rasmlar chelenji tashkil etildi.

Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
18-noyabr – O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda davlat ramzlarining xalqimiz hayotidagi o‘rni, ularni ulug‘lash va kelajak avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. So‘ngra korxona mas’ullari O‘zbekiston bayrog‘ining ramziy ma’nolari, uning tarixiy ahamiyati hamda yurtimiz taraqqiyoti jarayonidagi o‘rni haqida ma’ruza qilishdi.  Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv xodimlarda vatanparvarlik, davlat ramzlariga hurmat va sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar takliflari tinglandi
Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida 14-noyabr kuni navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda, sohadagi texnologik yangilanishlar, yosh xodimlar uchun malaka oshirish va qo‘shimcha o‘quv dasturlari, jamoada sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish, xususan, kitobxonlik va zakovat o‘yinlarida faol ishtirokni rag‘batlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, soha bo‘yicha eng dolzarb masalalar, kutilayotgan modernizatsiya jarayonlari hamda yangi texnologiyalarning joriy etilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklifalarini bildirishdi. Rahbariyat tomonidan har bir masala bo‘yicha aniq javoblar berilib, tegishli topshiriqlar qayd etildi.

Geologiya – milliy iqtisodiyotning asosiy poydevori
Geologiya-qidiruv ishlari natijasida mineral-xomashyosi boy mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi tarixdan maʼlum. Bu borada O‘zbekiston ham yer osti tabiiy boyliklariga boy davlatlardan biri hisoblanadi. Uning zaminida sanoat va investitsiyalar o‘sishi uchun asos yaratuvchi oltin, uran, mis, kamyob yer metallari va boshqa strategik zaxiralar mavjud. Sohaning alohida ahamiyatini inobatga olgan holda, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilib, uning zimmasiga geologiya-qidiruv ishlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish vazifasi yuklatildi.Bugun barqaror taraqqiyot, “yashil” energetika va strategik xomashyo turlariga jahon hamjamiyatining qiziqishi ortib borayotgan bir paytda geologiya-qidiruv ishlarining ahamiyati milliy iqtisodiyot doi­rasidan chiqib, xalqaro drayver sohaga aylanmoqda. So‘nggi yillardagi islohotlar natijasida yurtimiz har tomonlama o‘sish va rivojlanishda dadil qa­damlar qo‘yib bormoqda. Albatta, bu o‘zgarishlar davlatimiz rah­bari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat natijasidir. Bugungi kunda barcha tarmoqlar kabi geologiya sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari mustahkam­landi. Geologiya sohasi korxonalarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish orqali ularda samarali boshqaruv tizimini joriy etish, foydali qazilma­larning yangi konlarini ochishga yo‘naltirilgan geo­logiya-qidiruv ishlari tannarxini pasaytirish, konlarni sanoatda o‘zlashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investi­siyalar oqimini ko‘paytirish maqsadida 2021 yil «Markaziy laboratoriya» DUK, “Samarqand­geologiya” AJ, “Surxongeologiya” AJ, “Toshkentgeologiya” AJ, “Qizil­qumgeologiya” AJ, “Geo­burtexnika” DUK va “Hisor­geologiya” AJlarni qo‘shib yuborish orqali ular negizida «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tashkil etilgan edi. Natijada, O‘zbekiston hududida geologiya qi­diruv ishlariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy korporativ bosh­qaruv tizimiga ega yagona bir katta tashkilot paydo bo‘ldi. Bu transformatsiya jarayoni nafaqat boshqa­ruvda, balki geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirishga katta xizmat qildi. O‘tgan davrda korxona sohaga zamonaviy va yuqori samarali uskunalarni, ilg‘or texnika va innovatsion texnolo­giyalarni joriy etish hamda sohani modernizatsiya qilish hisobiga geologiya qidiruv ishlarini uch barobarga oshirdi.Bugungi kunda jamiyatda 4,5 mingdan ziyod malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi. Jamiyat tarkibida 4 ta markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalari va Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi, Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi, shuningdek, 5 ta analitik laboratoriyalar, 13 ta dala ekspeditsiyasi mavjud bo‘lib, ular respublikamiz bo‘ylab geologiya­qidiruv ishlarini jadal amalga oshirmoqda.Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi, sanoatning qon tomiri bo‘lgan geologiya sohasida yangi davr boshlandi. Sohaga eng ilg‘or texnologiyalar olib kelindi. Natijada yer osti boyliklari zaxirasi va prognozlari karrasiga o‘sdi. Sohaga 3D seysmorazvedka, ayerogeo­fizika, raqamli geologiya joriy etildi.Geologiya-qidiruv ishlari – bu ko‘zga ko‘rinmas, ­ammo mashaqqatli mehnat hisoblanadi. Geologlarning har bir topilmasi – yangi zavod, yangi ish o‘rnidir. Barchamizga maʼlumki, O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat hisoblanadi. Ayniqsa, sanoat uchun muhim bo‘lgan volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit va titan kabi 30 dan ortiq texnologik minerallar mavjud. Bu kabi foydali qazilmalarni izlab topish natijasida konchilik, metallurgiya, energetika, kimyo va qurilish sanoatining barqaror ishlashi uchun poydevor bo‘ladi. Afsuski, ilgari bu salohiyat to‘liq ro‘yobga chi­qarilmagan, foydali qazilmalarni izlash, texnogen chiqindilarni qayta ishlash va mahsulotga aylantirish borasida yetarlicha investitsiya jalb etilmagan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan geo­logiya sohasini yangi bosqichga olib chiqilishi natijasida bugun yangi konlar ochilib, sanoat tarmoqlari kengaymoqda. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ o‘tgan 4 yil mobaynida 13 000 km2 maydondan ziyod hududda batafsil geologiya qidiruv ishlarini olib bordi. Geologiya-qidiruv ishlari natijasida 20 ga yaqin konlarning zahiralari hisoblab chi­qildi va davlat zahiralari komissiyasida tasdiq­landi. Xususan, Avliyo, Ko‘rmitin, Aqba, Hayotboshi, Zimbiltau, Vodiy (oltin), Miskon (mis), O‘rikli, Nilyu (­ko‘mir), Sariko‘l, Xo‘jadiq (volfram), Xondiza, Maydonsoy, Lashkerek (polimetall), Ko‘rg‘ontosh, Tyubegatan (kaliy), Sho‘rop (gips), Vandon (qum-shag‘al) kabi konlar shular jumlasidandir.Bu kabi foydali qazilmalar yashil energetika, elektromobil va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, geologiya sohasi iqtiso­diyotning asosiy tayanchi, investitsiya va eksport manbai, energetika va sanoat rivojlanishining kaliti, shuningdek, hududiy infratuzilma va bandlikni taʼminlovchi omil hisob­lanadi.Taʼkidlash joizki, qonunchilik va tashkiliy asoslar mustahkamlanib, yuqori qo‘­shilgan qiymatga ega mahsu­lotlar ishlab chi­qarishga qaratilgan yirik loyihalar bo‘yicha ishlar ko‘paymoqda. Eng muhim vazifalardan biri – zamonaviy texnologiyalar asosida qimmatbaho xom-ashyoni rudadan ajratib olish, uni tozalash va yuqo­ri sifatli mahsulotga aylantirishdir. Bu borada «O‘z­bek geologiya qidi­ruv» AJ muhim rol o‘ynamoqda. Jamiyat foydali qazilma­larni aniqlash, ularni sanoatga yo‘naltirish bo‘yicha salmoqli loyiha­larni amalga oshir­moqda. Geologik izlanishlar o‘rta va uzoq muddatli dasturlar asosida olib boriladi hamda ular har yili yangilanib boriladi. Bugungi kunda eng faol geo­logiya qi­diruv ishlari Navoiy, Samarqand, Toshkent va bosh­qa viloyatlarning tog‘ va tog‘ oldi hudud­larida keng ko‘lamda olib boril­moqda. Foydali qazilmalar resurslarini va zaxiralarini oshirish aksiyadorlik jamiyati oldida turgan asosiy fazifalardandir.Islohotlar tufayli sohaga ilg‘or uskunalar, innovatsion texnologiyalar joriy etildi. Bu esa o‘z navbatida ish sifati va surʼatini sezilarli darajada oshirdi. Bugungi kunda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ chu­qurligi 2 km gacha bo‘lgan foydali qa­zilmalar uchun mo‘ljallangan ko‘p yo‘nalishli bur­g‘ilash uskunalarining eng yirik parki hisoblanadi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi qo‘llab quvvatlovi va amalga oshirilgan mu­him chora-tadbirlar natijasida «O‘zbek gelogiya qidi­ruv» AJ 50 donadan ortiq jahon standartlariga mos zamonaviy gidravliklashtirilgan DBC Makina kompaniyasining ESD-9, S-15,21 va SONMAK kompaniyasining RX-4 markali burg‘ilash uskunalari xarid qilinib, ish jarayoniga tatbiq qilindi va buning natijasida bur­g‘ilash parki 56 foizga yangilanib, bur­g‘ilash uskunalari 151 taga, yordamchi maxsus texnikalar 400 dan oshdi.Hozirgi davr geologiya sohasining yangi bosqichi bo‘lib, ilgari o‘rganilmagan maydonlar bugun to‘liq qam­rab olinmoqda. Yil sayin foydali qazilmalar ro‘yxati kengay­moqda, zamonaviy uslublar, jumladan, aero-­geofizika usuli qo‘llanilmoqda. Bu usul ha­vodan turib yer qatlamining geofizik xususiyatlarini tez va aniq o‘rganish imkonini beradi. Ilgari konlarni aniq­lash uchun o‘n yillar kerak bo‘lgan bo‘lsa, ho­zir bu ish bir necha yil ichida amalga oshirilmoqda.2025 yilda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan 100 dan ortiq loyiha doirasida geologiya qidiruv ishlari rejalashtirilgan. Hozir mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram kabi rudali foydali qazil­malar hamda qurilish materiallari va kimyo sanoatida qo‘llanadigan resurslar bo‘yicha ham ishlar baja­rilmoqda.Aksiyadorlik jamiyati geologik burg‘ilash quduqla­rida qo‘llaniladigan yuvuvchi suyuqliklarni tayyorlashda zamonaviy kimyoviy reagentlardan foydalanmoqda. Bu esa o‘z navbatida burg‘ilash quvurlarini, nasos mexanizmlarini, olmosli asboblarni uzoq muddat xizmat qilishiga va kern namunalarini sifatli olishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy kimyoviy reagentlar ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda atrof-muhitga zararli taʼsir darajasini kamaytiradi.«O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari doirasida raqamli texnologiyalar asosida ish jarayonlarini optimallashtirish, maʼlumotlar bazasini markazlashtirish va xalqaro standartlarga muvofiq geologik axborotlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. 2023 yildan boshlab, geologik, geofizik va geokimyoviy maʼlumotlarni yagona elektron ko‘rinishga o‘tkazish, ularni markazlashgan bazada saq­lash va tezkor foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Geobank va Geobank Mobile tizimi joriy etildi. Geobank da saqlanayotgan maʼlumotlar JORC va CRIRSCO xalqaro kodekslari talablariga javob beradi. Bu esa xalqaro investorlar uchun hisobotlar tayyorlash, geologik izlanishlarda sifat kafolatini oshirish hamda qidiruv va qazib olish jarayonlarini xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etish imkoniyatini beradi. Bugun aksiyadorlik jamiyati tomonidan zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali olayotgan kern namunalari 100 foizga yetib, tahlillar aniqligini oshirmoqda. Shuningdek, jamiyat tarkibidagi laboratoriyalarda na­munalarni sifatli tahlil qilish va uning tarkibidagi elementlarni aniq ko‘rsatib berish uchun 150 dan ziyod zamonaviy jihozlar asosida tahlillar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, kimyoviy elementlar soni ham oshib, 70 ga yaqin elementga tahlil jarayonlari o‘t­kazilmoqda. Bu esa yer qaʼridagi noyob elementlar va kamyob metallar bo‘yicha aniq, sifatli maʼlumotlar olishga xizmat qiladi.Zamonaviy geologiya-qidiruv ishlarini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab chi­qarish jarayonlarining har bir bosqichiga raqamlash­tirish va avtomatlashtirish jarayonlari joriy etil­moqda. Jamiyat ham ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etmoqda. Avvalo, raqamli texnologiyalar ish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini bermoqda. Yaʼni ekspeditsiya­larda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari, ishchi kuchidan foydalanish, texnik resurslar sarfi, hatto yo‘qo­tishlar yoki ortiqcha xarajatlar onlayn tarzda ko‘ril­moqda. Bu jarayonlar foto va video lavhalar bilan hujjatlashtirilib, tezkor qaror qabul qilish imkonini yaratmoqda. Shamsiddin ALIMOV, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ Boshqaruv raisi

Modernizatsiya va yangi texnologiyalar – geologiya sohasi taraqqiyotining asosiy omili
Modernizatsiyaning tarixiy ahamiyati Geologiya va tog‘-kon sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim strategik o‘rin egallaydi. O‘tgan asrning o‘rtalarida mutaxassislar asosan mexanik va ko‘p quvvat talab qila­digan uskunalardan foydalangan, ularning ish unumdorligi cheklangan, xavfsizlik darajasi esa past bo‘l­gan. Natijada ish jarayoni ko‘p vaqt talab qiladi, xavfsizlik talablari yetarli darajada taʼminlanmas edi. Ayniqsa, burg‘ilash jarayonlarida ko‘pincha texnik nosozliklar sababli quduqlarda avariyalar yuz bergan, geologik namuna olishda yo‘qotishlar katta bo‘lgan.O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy taraqqiyot­ning asosiy garovi – bu ishlab chi­qarish jarayonlarini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy texnologiya­larni tadbiq qilish va ish unumdorligini oshirishdan iborat. Shu nuq­tai nazardan so‘nggi yillarda geologiya sohasida amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakat mineral-xom ashyo bazasini mustahkam­lashda asosiy omilga ay­lanmoqda.Bugungi kunda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan qo‘lga kiri­tilayotgan zamonaviy burg‘ilash uskunalari, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar ilgari tasavvur qilish qiyin bo‘lgan imkoniyatlarni yaratmoqda. Masalan, 2020 yilda bir uskuna oyiga o‘rtacha 450 metr chuqurlikkacha burg‘ilash ishlarini bajargan bo‘lsa, hozirgi paytda zamonaviy uskunalar orqali bu ko‘rsatkich 2000 metrga yetdi. Bu faqat raqam emas – balki geologiya sohasidagi sifat o‘zgarishlarining yorqin ifodasidir.Modernizatsiya jarayonlari fa­qat texnik jihatdan emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham tarixiy ahamiyatga ega. Chunki ular orqali nafaqat korxonaning raqo­batbardoshligi taʼminlanadi, balki mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga ham hissa qo‘shiladi. Eng muhimi, geologiya sohasidagi har bir qadam kelajak avlod uchun strategik zaxiralar yaratish, ulardan oqilona foydalanish va tabiiy boyliklarni as­rab-avaylash bilan uzviy bog‘­liqdir. Yangi uskunalar – yangi imkoniyatlar 2021–2025 yillar mobaynida jamiyat ekspeditsiyalariga Turkiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy, yuqo­ri samarali burg‘ilash uskunalari olib kirildi. Masalan, 2021–2022 yillarda DBC Makina Sanayi ve Ticaret A.Ş. kompaniyasining gidravliklashtirilgan, jahon standartlariga to‘la javob beradigan ESD-9 hamda S-15, S-21 turdagi dizel va elektr quvvatli uskunalari joriy etildi. Keyinchalik SONMAK RX-4 va DBC S-21 uskunalari hamda elekt­rovoz va vagonlar ham sotib olindi.Bu orqali burg‘ilash ishlarining quvvati va samaradorligi keskin oshdi. Masalan:Yer usti kolonkali burg‘ilash ishlari 2020 yilga nisbatan 35%ga o‘sib, har bir uskuna oyiga 1300 metr ko‘rsatkichga erishdi (2020 yil 450 pog.metrni tashkil qilgan).Yer osti kolonkali burg‘ilash ishlari 30 foizga o‘sib, har bir uskuna oyiga 500 metr (2020 yil 150 pog.metrni tashkil qilgan)ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Zamonaviy reagentlar qo‘llani­shi orqali qiyin qirqimli maydonlarda ham namuna olish samaradorligi 100 foizga yetdi.Bu o‘zgarishlar nafaqat ish sifatini oshirdi, balki xavfsizlik, ish jarayonlarining barqarorligi va vaqt­ning tejalishiga ham xizmat qildi. 2025 yil rejalari va ko‘rsatkichlari Joriy yilda jamiyat tizimida jami 693,7 ming pog.metr burg‘ilash ishlari rejalashtirilgan.Bundan tashqari, jamiyat tizimida yer osti tog‘-kon ishlari 6930 metr, yer usti tog‘-kon ishlari esa 303,1 ming kub metr miqdorda bajarilishi ko‘zda tutilgan.Mazkur ko‘rsatkichlar byudjet mablag‘lari, «Olmaliq KMK» va «Navoiy KMK» hamda shartnoma asosida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy samara va raqobatbardoshlik Har qanday modernizatsiya jarayonining asosiy maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish va mah­sulot yoki xizmatlarning raqobatbar­doshligini taʼminlashdan iborat. Geologiya sohasi ham bundan mustasno emas. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yangilanishlar na­tijasida iqtisodiy samaradorlik keskin oshdi.Avvalo, zamonaviy burg‘ilash us­kunalarining joriy qilinishi qi­diruv ishlarida xarajatlarni optimallashtirish imkonini berdi. Bu esa nafaqat ish unumdorligini oshir­di, balki xizmatlar tannarxini ham sezilarli darajada kamaytirish imkonini yaratdi.Iqtisodiy samaradorlikning yana bir muhim jihati – vaqt tejalishi. Ilgarigi uskunalarda rejadan tashqari to‘xtashlar, ehtiyot qism­larni kutish yoki quduqlarda yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish ko‘p vaqtni oladigan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy stanoklarda bu kabi ho­latlar keskin qisqardi. Natijada sof burg‘ilash vaqti 30 foizdan 48,5 foizgacha oshdi. Bu ko‘rsatkich xalqa­ro standartlarga javob beradigan darajada yuqori hisoblanadi.Shu bilan birga geologiya-qidi­ruv ishlarida samaradorlikning oshishi kompaniyaning xalqaro maydondagi nufuziga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. Bugungi kunda «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ nafaqat res­publika hududida, balki xorijiy davlatlarda ham xalqaro tenderlarda ishtirok etib, raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa milliy geologiya sohasini tashqi bozorga olib chiqish va mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, modernizatsiya jarayonlari orqali ishlab chiqarishda energiya va resurslar tejalishi taʼminlan­moqda. Masalan, yoqilg‘i-moy mahsu­lotlaridan oqilona foydalanish, texnologik materiallarni tejash, geologik namuna olishda 100 foiz natijaga erishish – barchasi iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlaridir.Shunday qilib, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish faqat texnik jihatdan emas, balki iqtisodiy jihatdan ham ulkan natijalar ber­moqda. Eng muhimi, bu jarayonlar orqali «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ milliy va xalqaro miqyosda ra­qobatbardosh kompaniyaga aylanib bormoqda. Raqamlashtirish – samaradorlik garovi Zamonaviy geologiya-qidiruv ishlarini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonlarining har bir bosqichiga raqamlash­tirish va avtomatlashtirish jarayonlari joriy etilmoqda. «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ ham ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etmoqda.Avvalo, raqamli texnologiyalar ish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini ber­moqda. Yaʼni ekspeditsiyalarda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari, ishchi kuchidan foydalanish, texnik resurslar sarfi, hatto yo‘qotishlar yoki ortiqcha xarajatlar onlayn tarz­da ko‘rilmoqda. Bu jarayonlar foto va video lavhalar bilan huj­jat­lashtirilib, tezkor qaror qabul qilish imkonini yaratmoqda.Ikkinchidan, raqamlashtirish or­qali texnologik materiallar va yoqilg‘i-moy mahsulotlaridan samarali foydalanish taʼminlanmoqda. Masalan, avval ish jarayonlarida yo‘qotishlar yoki samarasiz sarflar ko‘p kuzatilgan bo‘lsa, hozirgi ra­qamli monitoring tizimlari orqa­li ular minimal darajaga kelti­rildi.Uchinchidan, raqamli texnologiya­lar xodimlarning ishini avtomatlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dala sharoitida hisobot tayyorlash, maʼlumot to‘plash, geologik namuna va quduq maʼlumotlarini tizimga kiritish kabi jarayonlar dasturiy komplekslar yordamida av­tomatlashtirildi. Bu esa inson omili taʼsirini kamaytiradi va ish jarayonlarini aniq, tezkor hamda ishonchli qilib beradi.Shuningdek, raqamlashtirish jarayoni xavfsizlikni taʼminlashda ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy datchiklar va sensorlar yordamida uskunalarning ish holati, yer qaʼri­dagi bosim va harorat ko‘rsatkich­lari, xavfli holatlar haqida oldindan ogohlantirish imkoni yaratildi. Natijada avariyalar va ish jarayonida to‘xtash holatlari sezilarli darajada kamaydi.Bundan tashqari raqamli texnologiyalar xalqaro maydonda ham ra­qobatbardoshlikni taʼminlaydi. Chunki bugungi kunda tender va yirik xalqaro shartnomalarda ish jarayonlarini raqamli kuzatish, hisobot­larni elektron formatda taqdim etish, aniq va onlayn maʼlumotlar taqdim qila olish – eng muhim talab­lardan biriga aylandi.Shu tariqa «O‘zbek geologiya qi­diruv» AJ nafaqat texnik modernizatsiya, balki raqamlashtirish jarayonlari orqali ham o‘z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu esa sohaning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, inson mehnatini yengillashtirish, xavfsizlikni taʼminlash va geologiya-qidiruv ishlarini xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshirish imkonini bermoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasidagi vazifalar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Preziden­tining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan topshi­riqlar doirasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamiyat “Navoiyuran” DK bilan tuzilgan shartnoma asosida «Janubiy Sugrali» maydonida geotexnologik quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish ishlarini boshladi. Shu maqsadda Xitoyning SPT-900SE markali aylanuvchi rotorga ega zamonaviy burg‘ilash uskunalari sotib olindi va amaliyotga joriy qilindi. Kadrlar salohiyati va yangi ish o‘rinlari Har qanday modernizatsiya, texnika va texnologiyalarni yangilash jarayonlari inson omilisiz samara bermaydi. Zamonaviy uskunalardan to‘liq foydalanish, raqamli texnologiyalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va geologiya-qidiruv ishlarining sifatini oshirish, avvalo, yuqori malakali kadrlar salohiyatiga bog‘liq.   Sergey DERYAGIN, Boshqaruv raisi o‘rinbosari, bosh muhandis

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

Markaziy ekspeditsiyalar
Ishchilar
Laboratoriya
Burg'ilash uskunalari
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz