- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yuksak kasbiy madaniyat soha faoliyatining asosiy mezoni
“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Husasan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Zarmitan dala geologiya qidiruv ekspeditsiya jamoasidagi manfaatlar to‘qnashuvi masalasini atroflicha ko‘rib chiqish va jamoadagi ichki muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining odob-axloq komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda taklif etilgan Zarmitan DGQE xodimasi kelolmaganligi sababli Odob-axloq komissiyasining qaroriga muvofiq keyingi yig‘ilishlarda taklif etilishi belgilandi.
Shuni ta’kidlash kerakki, komissiya yig‘ilishining asosiy maqsadi tashkilotda faoliyat olib borayotgan xodimlarning odob-axloq qoidalariga, yuksak kasbiy madaniyatga, jamoatchilik ongida davlat tashkilotiga hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan.
“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati
Matbuot xizmati