- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Tosh maydalash sexi bir oyda 8-10 mingtagacha namunaga qayta ishlov berish, maydalash quvvatiga ega
Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Zarafshon dala ekspeditsiyasi tosh maydalash sexi Samarqand shahrida joylashgan bo‘lib eng zamonaviy tosh maydalash agregatlari – BOYT, 1 va 2 bosqichli tosh maydalash agregatlari hamda RS 300 va ALSTO agregatlari bilan jihozlangan. Dala sharoitida olingan geologik namunalarni maydalab laboratoriya sinovlariga tayyorlab berish bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga Fizik mexanik sinovlar laboratoriyasi maʼdanlarni va o‘rab turuvchi tog‘ jinslarini fizik – mexanik xossalari – qattiqligi, zichligi, g‘ovakligi, suv yutishi, mustahkamlik chegarasi, ishqalanish darajasi, sovuqqa chidamliligi, qurilish xom ashyolaridan granulometrik tarkibi, namligi, plastikligi, zichligi, gil xom ashyolarining katta donador va mayda donador fraksiyalari kabi xossalarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Shuningdek, bu laboratoriyada qo‘shimcha ravishda qurilish materiallaridan biri bo‘lgan sheben xom ashyosining mineral-petrografik tarkibi, maydalanish darajasi, maydalanish formalari, zarbaga qarshiliklari, lak-bo‘yoq materiallarining fizik-mexanik xossalari o‘rganiladi.