- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!
475
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning Markaziy laboratoriyasidagi xodimlar uchun joriy yilning 7-8 oktyabr kunlari Buxoro viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlar 7 pir ziyoratgohi, Citorai Mohi Xossa - Amir Olimxonning yozgi saroyi, Buxorodagi Ark qalʼasi, Labi hovuz ansambli va Registon maydonidagi Boloi Hovuz jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ekskursiyada xodimlar davlatimizning boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanishib, zavq bilan xordiq chiqardilar.