- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ: Markaziy laboratoriya tomonidan yangi uslub ishlab chiqildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ qarashli Markaziy laboratoriyada foliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan bugungi kunda laboratoriyada amalga oshiriladigan tahlillarni aniq va sifatli bajarish uchun bir qancha yangi uslublar yaratib kelinmoqda. Xususan, laboratoriyaning katta ilmiy xodimi X.Sabirov boshchiligida M.Utyaganov va R.Irgasheva tomonidan “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasida “Namunani boyitish orqali dastlabki asillik usuli yordamida va keyingi atom-absorbsiya usuli bilan oltinning massa ulushini o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti” uslubi tasdiqlanib o‘lchashlar bajarish uslubiyotlari davlat reyestriga kiritildi.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, uslubiyot yaratishda Markaziy laboratoriyaning barcha bo‘limlari, ayniqsa asillik laboratoriyasi boshlig‘i A. Dushanova faol ishtiroq etishdi.
Bu kabi yangi uslublar kelajakda ish samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.