1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Kon-geologiya sohasi axborot xizmatlari xodimlari uchun seminar-trening tashkil qilindi

434

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti, korxona, tashkilot, muassasalari axborot xizmatlarida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari, mas’ul xodimlar uchun “Geologiya, togʻ-kon sanoati, metallurgiya sohasini ommaviy axborot vositalarida yoritishda yangicha yondashuv, oʻzaro hamkorlik, kommunikatsiyalar, tezkor axborot almashinuvini amalga oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda AOKA bo‘lim boshlig‘i M.Parpiyev, agentlik Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi M.Fayziyev hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Axborot xizmati rahbari U.Qarshiboyeva tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, soha qonunchiligidagi o‘zgarishlar, tashkilot imijini yaratish, rasmiy munosabat bildirish, raddiya berish tartibi, mediakontent yaratishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, PR strategiya ishlab chiqish hamda tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida taqdimotlar qilindi.

Interaktiv tarzda, qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan seminar-trening davomida ekspertlar hamda ishtirokchilar o‘rtasida soha bo‘yicha fikr almashildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar