1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Kokpatas dala ekspeditsiyasidagi namunalarni maydalash uchastkasida olib borilayotgan ishlar xususida

166

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Kokpatas dala ekspeditsiyasidagi Namuna maydalash uchastkasining asosiy vazifasi bu geologik maydonlardan keltirilgan har xil turdagi geologik namunalarni JORS kodeksi talabiga muvofiq kerakli o‘lchamlarda sifatli kesib olish, hamda kerakli o‘lchamlarda maydalab tegishli laboratoriyalarga tahlil qilish uchun jo‘natishdan iboratdir. Shuningdek, uchastkada geologlar geologik kern namunalarini foto hujjat va raqamlashtirishni amalga oshiradilar. Shundan so‘ng geologlar tomonidan kern namunalarini belgilab bergan chiziq bo‘ylab SRK-1 kern kesish dastgohida teng ikki qismga bo‘lishadi hamda bir qismini maydalab tahlil qilish uchun laboratoriyaga va ikkinchi qismini esa yaqin kelajakda foydalanish maqsadida kern saqlash omboriga jo‘natiladi.

Bugungi kunda Kokpatas namunalarni maydalash uchastkasida 13 ta tosh maydalovchi hamda 7 ta tosh kesuvchi dastgohlardan foydalanilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar