1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Jasaul uchastkasida baholash ishlari davom ettirilmoqda

189

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2022 yil 25 noyabrda tasdiqlangan geologik topshiriq asosida, Jasaul uchastkasida baholash ishlarini amalga oshirish uchun loyiha va smeta hujjatlari tayyorlanib geologik qidiruv ishlari boshlangan edi. Jamiyatning Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasidagi Daugiztau dala ekspeditsiyasi tomonidan bugungi kunda belgilangan reja asosida burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

Maydonda oldin olib borilgan geologiya izlash ishlari natijalariga ko‘ra  burg‘ilash ishlari asosida, uzunligi 500 - 1 200 p.m. bo‘lgan 52-59 maʼdan tanalari va bir qancha minerallashgan zonalar ajratilgan.

Taʼkidlab o‘tish kerakki, 2018-2022 yillar davomida Jasaul uchastkasida geologiya-qidiruv ishlari tasdiqlangan geologik topshiriq va loyiha asosida kolonkali va xaritali burg‘ilash ishlari yordamida olib borildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar