1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geologiya qidiruv ishlarida har bir xodimning kasbiy bilim va malakasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi

79

Geologiya qidiruv ishlarida har bir xodimning malakasini, tajribasini va bilimlarini oshirib mustahkamlab borishi natijasida, amalga oshirilayotgan reja va loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga erishiladi. Ayni shu maqsadda joriy yilning 15-noyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Texnik siyosat boshqarmasi boshlig‘i – Z.Turdijanov, Mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i – A.Raxmonov, Ishlab chiqarish va texnika bo‘limi boshlig‘i – R.Rabbimovlar tomonidan “Qizilqum” Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Muruntau, Kokpatas, Daugiztau dala ekspeditsiyalarining burg‘ilash qurilmasi mashinistlari va yordamchilari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Seminar davomida mas’ullar tomonidan burg‘ilash ishlarini amalga oshirishda burg‘ilash texnologiyasi, mehnatni mohofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar berishdi. O‘quv seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, xodimlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Bu kabi o‘quv seminarlar jamiyatning qolgan ekspeditsiyalarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar