- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Daugiztauda o‘quv seminar tashkil etildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan yilik dasturi doirasida “Daugiztau” DGQEda joriy yilning 24-may kuni Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom, Aksiyadorlik jamiyatining Odob-axloq kodeksi, Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarni rag‘batlantirish mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarida ekspeditsiyaning barcha bo‘lim xodimlari korrupsiyaga qarshi o‘qitildi.
O‘quv seminar davomida bo‘limlarning faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning namaunalari tushintirildi.
O‘quv seminar yakunida sinov testlari olinib va anonim so‘rovnmalar o‘tkazildi.