- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“Avtomobilsiz kun” aksiyasida xodimlar faollik bilan ishtirok etdilar
197
Bugun Toshkent shahri bo‘ylab o‘tkazilgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ rahbariyati boshchiligida barcha xodimlar o‘z avtomobillarini uylarida qoldirib, jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanib ishxonaga kelishdi.
Bu kabi aksiyalarda faol ishtirok etish, xodimlar uchun ahamiyati beqiyos bo‘lib, bir tomondan sog‘lom turmush tarzini, ikkinchi tomondan atrof-muhit barqarorligini saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishga sabab bo‘ladi.