1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

O‘zbekiston – Singapur: Ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning yangi ufqlari
O‘zbekiston – Singapur: Ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning yangi ufqlariBugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Singapur sammitidan avval Singapur Prezidentining “Istana” saroyida davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Prezidenti Halima Yaqub Faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sharafiga Singapurning milliy ramzi bo‘lgan orxideya gulining yangi naviga nom berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunday tadbirlar anʼanaviy ravishda ushbu mamlakatning oliy martabali mehmonlari va taniqli arboblarga yuksak hurmat va ehtirom belgisi sifatida o‘tkaziladi. Anʼanaga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev gulning yoniga yangi turdagi orxideyaning nomi - “Shavkat Mirziyoyev orxideyasi” deb yozilgan taxtachani joylashtirdi. Ushbu ko‘rkam va yoyilib o‘suvchi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi. Uzunligi 45 santimetr bo‘lgan qat-qat yaproqli qo‘shgullar, ularning har birida 17 tadan 20 tagacha gul hosil qiladi, har bir gulning eni 5 santimetr atrofida. Och siyohrang barglar va kosachabarglarning cheti mayin binafsharang. Shundan so‘ng Prezidentlar ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdilar. O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da chuqurlashtirish istiqbollari, ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish borasidagi islohotlar yuzasidan fikr almashildi. Taʼlim sohasida faol hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkentda Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti hamda Singapur texnologiyalar, menedjment va kommunikatsiyalar akademiyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ikki mamlakatning Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani kengaytirish borasidagi tajribasi batafsil ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Singapur xalqaro maydonlarda mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot masalalarida bir-birini anglashi va bu boradagi tashabbuslarni ilgari surishda o‘zaro ko‘maklashayotgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Shavkat Mirziyov Halima Yaqubni o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. So‘ng “Istana” qarorgohida Prezidentimiz Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokara o‘tkazdi. Yetakchilar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini har tomonlama ko‘rib chiqdilar, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalar jadal surʼat bilan rivojlanib borayotganini taʼkidladilar. Jumladan, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli natijalarga erishildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobarga oshdi. O‘zbekistonda Singapur kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 4 karra ko‘paydi. Ushbu mamlakatdan yurtimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 700 million dollarga yetgan. Ko‘plab sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun katta zaxiralar mavjudligi qayd etildi.

1

Tog‘-kon sanoatidagi loyihalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi o‘sishi bilan energiya quvvatlariga talab oshib bormoqda. Bu ehtiyojni taʼminlash uchun barcha manbalar qatori ko‘mir qazib olish hajmi ham kengaytirilmoqda. Oxirgi besh yilda bu ko‘rsatkich yiliga 4 million tonnadan 5 million 300 ming tonnaga oshirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimiz hududida qariyb 2 milliard tonna ko‘mir zaxiralari mavjud. Davlatimiz rahbari bu salohiyatdan samarali foydalanib, ko‘mir qazib olish hajmini izchil oshirish vazifasini qo‘ygan edi. Taqdimotda shu borada qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi. Xususan, joriy yilda “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish loyihasi yakunlanadi. Buning evaziga yurtimizda yuqori sifatli ko‘mir qazib olish quvvati 900 ming tonnagacha oshadi. Prezidentimiz “Sharg‘un” va “Boysun” konlarini  o‘zlashtirish orqali yuqori sifatli ko‘mir ishlab chiqarishni yana-da kengaytirish imkoniyati borligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu konlarga investorlarni jalb qilib, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligini taʼkidladi. Yurtimiz tog‘-kon sanoati rivojida yana bir muhim manba bu – uran. 2022 yil 14 iyulda “Navoiyuran” davlat korxonasida uran qazib olish hamda qayta ishlash hajmini oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilingan edi. Xususan, uni qazib chiqarishni 2030 yilgacha 2 barobarga oshirib, 7,1 ming tonnaga yetkazish choralari belgilangan. Yig‘ilishda ushbu chora-tadbirlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi. Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha maʼlumot berildi. Prezident ushbu hamkorlik doirasida uran qazib olish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, qo‘shimcha yangi konlarni aniqlash bo‘yicha loyihalarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

1

Foydali havolalar