- Asosiy
- Jamiyat haqida
- Biz haqimizda
Biz haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5083-son qaroriga muvofiq, 2021 yil avgust oyida geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tashkil etildi.
Jamiyatning asosiy vazifalari:
- sohaga zamonaviy va yuqori samarali uskunalarni, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga geologiya sohasini modernizatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda xarajatlarni maqbullashtirish orqali xizmatlar tannarxini kamaytirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish;
- zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish orqali faoliyatning operatsion samaradorligini oshirish;
- zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobiga sohada bajariladigan ishlarning raqobatbardoshligini ta’minlash va geologiya-qidiruv ishlarini nafaqat respublika hududida, balki xorijiy davlatlarda, xalqaro tenderlar g‘olibi sifatida bajarish;
- hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish orqali respublika mineral-xom ashyo bazasi rivojlantirilishini ta’minlash.