«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
Hisorda rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ekspeditsiya boshligʻi Eshquvat Rayimqulov tashkilotda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan navbatdagi "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotini oʻtkazdi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi. Koʻtarilgan masalalarni yechish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shadjaxarkan uchastkasida burg‘ilash ishlari reja asosida yakunlandi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Murunatu dala ekspeditsiyasiga qarashli 71-sonli burg‘ilash brigadasi tomonidan Makina DBC S-21 markali burg‘ilash uskunasi bilan Surxondaryo viloyati Sariosiya tumanidagi Shadjaxarkan uchastkasida loyhaviy chuqurligi 1 500 metr bo‘lgan burg‘ilash qudug‘ini 1 575 metr qilib burg‘ilash ishlarini samarali yakunladi.

Hududlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi va Analitik laboratoriya majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Unda qonunimizning tarixiy ahamiyati, uning demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yig‘ilish jarayonida Konstitutsiyamizda belgilangan inson huquq va erkinliklari, fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim normalar, shuningdek, geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari haqida ma’ruzalar tinglandi. Tadbir davomida ishchi-xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarur ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari — ishchi-xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish to‘g‘rsida so‘z bordi.

Bosh qomusizmiz qabul qilinganligi va Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etil
Joriy yilning 4-dekbar kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ijro apparatida yuridik bo‘limi boshlig‘i G‘.Cho‘ponov tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi va 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Davra suhbatida Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolati ekanligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darjasida ekanligi hamda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali bu illatga qarshi kurashish zarurligi ta’kidlandi.      

Samarqandda xodimlarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi har bir davlatning shakllanishida beqiyos oʻringa ega boʻlib, mazkur sana har yili mamlakatimizda keng nishonlanadi. U davlatni davlat, millatni esa millat sifatida dunyoga tanituvchi muhim huquqiy hujjatdir. Shu sababli, yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir ongli fuqaroning asosiy qonunimiz — Konstitutsiyamiz moddalarini mukammal bilishi va uni hayotga toʻgʻri tatbiq etishi, oʻz burchlarini sidqidildan bajarishi lozim. Konstitutsiya qabul qilingan sana munosabati bilan Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi  va uning tarkibidagi dala ekspeditsiyalarda "Qomusimni bilmoq istadim" mavzusida xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa tegishli qonun hujjatlari boʻyicha bilimlarini baholash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi. Ushbu tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va Konstitutsiyaviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar
Shimoliy-Nurota va Zarmitan dala ekspeditsiyalarida huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Unda ishchi-xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazo choralari, qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyadan xoli jamiyat qurishda aholi va keng jamoatchilikning faol ishtiroki muhimligi taʼkidlanib, barcha faollikka daʼvat etildi.

Hisorda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 2025-yil 3-dekabr kuni Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari va halollik tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Samarqandda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir bo'lib o'tdi
Joriy yilning 2-dekabr kuni Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "9-dekabr – Umumjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Akmal Kuylanov ishtirok etdi. Tadbir davomida ishchi-xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy qonunchilikning shakllanishi, korrupsiyaga olib keluvchi omillar, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun belgilangan jazo turlari, jumladan, ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shuningdek, qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi tamoyillari atroflicha tushuntirildi.

Zarmitan maʼdanli maydonida geologiya qidiruv ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Zarmitan dala ekspeditsiyasi tomonidan Zarmitan maʼdanli maydonidagi Charmitan konining Janubiy - Sharqiy qanotida 15-26-sonli maʼdan tuzilmalarini chuqur sathlarida dastlabki va batafsil baholash ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 2025-yilgi rejalashtirilgan 5000 p.m. yer osti kolonkali burgʻilash ishlari muddatidan oldin bajarildi.  Bundan tashqari yer ustida chuqur quduqlarda olib borilayotgan kolonkali burgʻilash ishlarini ham mufaqiyyatli va oʻz vaqtida tugatish maqsadida markaziy ekspeditsiyaning eng ilgʻor brigadalari jalb etilib, zamonaviy usullar asosida burgʻilash ishlari olib borilmoqda.

Hisorda rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ekspeditsiya boshligʻi Eshquvat Rayimqulov tashkilotda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan navbatdagi "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotini oʻtkazdi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi. Koʻtarilgan masalalarni yechish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shadjaxarkan uchastkasida burg‘ilash ishlari reja asosida yakunlandi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Murunatu dala ekspeditsiyasiga qarashli 71-sonli burg‘ilash brigadasi tomonidan Makina DBC S-21 markali burg‘ilash uskunasi bilan Surxondaryo viloyati Sariosiya tumanidagi Shadjaxarkan uchastkasida loyhaviy chuqurligi 1 500 metr bo‘lgan burg‘ilash qudug‘ini 1 575 metr qilib burg‘ilash ishlarini samarali yakunladi.

Hududlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi va Analitik laboratoriya majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Unda qonunimizning tarixiy ahamiyati, uning demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yig‘ilish jarayonida Konstitutsiyamizda belgilangan inson huquq va erkinliklari, fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim normalar, shuningdek, geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari haqida ma’ruzalar tinglandi. Tadbir davomida ishchi-xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarur ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari — ishchi-xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish to‘g‘rsida so‘z bordi.

Bosh qomusizmiz qabul qilinganligi va Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etil
Joriy yilning 4-dekbar kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ijro apparatida yuridik bo‘limi boshlig‘i G‘.Cho‘ponov tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi va 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Davra suhbatida Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolati ekanligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darjasida ekanligi hamda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali bu illatga qarshi kurashish zarurligi ta’kidlandi.      

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

Markaziy ekspeditsiyalar
Ishchilar
Laboratoriya
Burg'ilash uskunalari
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz