1. Asosiy
  2. Rahbariyat
  3. Hududiy ekspeditsiyalar
  4. "Kokpatas" dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi

"Kokpatas" dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi

Ekspeditsiya rahbari: Tursunov Elbek Elmurodovich

Telefon: +99893-950-43-04

Manzil: Navoiy viloyati Uchquduq tumani “Kokpatas” qo‘rg‘oni

Elektron pochta: Kokpatas@uzgeo.uz

Kokpatas dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi 1963-yilda tashkil topdi va Kokpatas qo‘rg‘oni, hamda ekspeditsiya maʼmuriy binolari qurildi. Kokpatas qo‘rg‘oni Markaziy Qizilqumning shimoliy-g‘arbida joylashgan. Kokpatas maʼdan maydonidagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” karʼeri Kokpatas qo‘rg‘onidan 2-3 km shimol, shimoliy-sharqda joylashgan. Korxonaning qidiruv va baxolash ishlari olib borayotgan maydonlar Bukantog‘ tog‘ tizmalarida joylashgan bo‘lib Navoiy viloyati, Uchquduq va Tomdi tumanlari xududiga qarashli. Shu o‘tgan davr mobaynida Kokpatas DGQE mutaxassislari tomonidan oltin, volfram, kumush va boshqa xil foydali qazilma konlari topildi va hozirda Respublikamizning farovonligida xizmat qilmoqda. Olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida “Kokpatas” maʼdan maydoni aniqlandi va ushbu konni qazib olish maqsadida NKMKning GMZ-3 zavodi ishga tushirildi. Hozirda Kokpatas DGQEsi “O‘zbekgeologiya qidiruv” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lib, asosan geologik topshiriqlar asosida Bukantog‘ tog‘ tizmalarida tarqalgan foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni qidirib topish va baxolash ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda ekspeditsiyada 331 nafar xodim bo‘lib, ulardan 45 nafarini ayollar tashkil yetadi. Ekspeditsiyada quyidagi bo‘lim va uchastkalar faoliyat yuritadi: - maʼmuriy - boshqaruv apparati; - geologiya bo‘limi; - markaziy geologiya guruhi; - sharqiy geologiya guruhi; - maydalash uchastkasi; - tog‘-kon uchastkasi; - burg‘ilash uchastkasi; - avtotransport uchastkasi; - taʼmirlash-mexanika uchastkasi; - dispetcherlik xizmati; - maʼmuriy xo‘jalik bo‘limi. Geologiya qidiruv ishlari Kokpatas maʼdan maydonining g‘arbiy va shimoliy-sharqiy qismlarida, Boztog‘ maʼdan maydoni hududida, Turbay koni atroflarida, Okjetpes maʼdan maydoni hududida, Oltintog‘ intruzivi shimoliy-sharqiy qismlarida olib borilmoqda. Kokpatas qo‘rg‘onidan 2-2,5 km sharqda Tulkitog‘, Baxtli, Karatag, Sayniy uchastkalarida oltin maʼdani zaxirasi hisoblangan va yaqin kelajakda qazib olishga tayyorlanmoqda. Bundan tashqari Kokpatas maʼdan maydonidagi olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari natijalariga asosan (G‘arbiy, Karoshoxo, Yo‘loldi va boshq.) uchastkalarining chuqur qismlarida oltin rudasi davomiyligi kuzatilmoqda va konda oltin zaxirasining 2-3 barobarga oshishi mumkinligi kutilmoqda. Geologiya qidiruv ishlari natijasida asosan Bukantog‘ tog‘laridagi ochiq maydonlarda tarqalgan foydali qazilma konlari o‘rganilgan, yaʼni umumiy Bukantog‘ tog‘lari maydonining 40-50% qismi. Kelajakda Respublikamizning mineral resurs bazasini yanada kengaytirishda, xududdagi GMZ-3 zavodini oltin rudasi bilan muntazam taʼminlash maqsadida yopiq xududlarda (50-100 mgacha to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan maydonlar) geologiya qidiruv ishlarini olib borish taqozo qilmoqda.

Foydali havolalar