1. Asosiy
  2. Rahbariyat
  3. Hududiy ekspeditsiyalar
  4. "Olmaliq" dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi

"Olmaliq" dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi

Ekspeditsiya rahbari: Erkayev Nabijon Eshankulovich

Telefon: +99899-525-78-73

Manzil: Toshkent viloyati Olmaliq shahar Ma’rifat ko’chasi 16-uy

Elektron pochta: olmaliq@uzgeo.uz

Olmaliq geologiya qidiruv ekspeditsiyasi 1931 yil 28 may kuni tashkil etilgan. Ekspeditsiyaning dastlabki davrlarida Nasledov, Korolev, Zenin, Shextman, Oleynikov, Yepishin, Sarenko, Pislegin, Yevstefeyev, Kuzin kabi buyuk geologlar faoliyat yuritganlar. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Dabija Ivan Ivanovich, Buteva, Meshchaninov, Agapov, Dabija Sergey Ivanovich, Molchanov, Boltaboyev, Tojiyev, Gornov kabi ustoz geologlar Olmaliq geologiya qidiruv ekspeditsiyasi ravnaqiga katta hissa qo'shishdi. Bugungi kunda, Olmaliq DGQEda 235 nafar xodim ishlab kelmoqda. Ekspeditsiya geologlari Quyi Kouldi maydoni va Miskon uchastkasi, Qizota, Qorabuloq koni va Markaziy uchastkasi, Qulchuloq, Quyi Kenjasoy, Togap uchastkasi, Qoratog’ota va Mazor uchastkasi, Ungurlikon, Apantepa, Yoshlik-2, Janubiy-1 kabi ma’danli maydonlarida nodir va rangli metallar bo'yicha JORC kodeksining xalqaro talablariga muvofiq geologiya qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bugungi kunda, ekspeditsiyada jami 9 ta burg’ilash uskunasi (3 ta “УБГ-7У” burg’ilash uskunasi, 2 ta “D&B-30DE” burg’ilash uskunasi, 1 ta “D&B-45DE” burg’ilash uskunasi, 1 ta “Z-700” burg’ilash uskunasi, 1 ta “УКБ 5C” burg’ilash uskunasi, 1 ta “Boyles C6” burg’ilash uskunasi) yordamida burg’ilash ishlari olib borilmoqda.

Foydali havolalar