- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Zaxchaxona uchastkasida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Hisor tog‘ tizmasi tarmoqlarida joylashgan Zaxchaxona uchastkasida 3,15 km2 maydonda grafit maʼdaniga geologik izlash ishlari olib borilmoqda.
Uchastkada olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Hisor MGQE bosh muhandisi F.Qaxxorov ishchi va masʼul xodimlarga ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifani o‘z vaqtida bajarish uchun kerakli tavsiyalarni berdi.
Maʼlumki, uchastka dengiz sathidan 2500-3000 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, loyiha asosida ishlar ikki bosqichda yaʼni izlash va baholash tartibida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda uchastkada, 1 - 2 sonli shtolnyalarni o‘tish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, uchastka hozirgi davr talabiga mos keladigan, zamonaviy texnika va uskunalar bilan taʼminlangan. Yaʼni kompressorlar, elektrostansiyalar, perforatorlar va boshqa tog‘-kon texnikalari shular jumlasidandir.