1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Zarmitan ekspeditsiyasida burg‘ilash ishlari rejada belgilangan muddatda topshirildi

1

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Zarmitan dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi jamoasi byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan burg‘ilash ishlarini yillik rejaga muvofiq 8 avgust kuni jamiyatda birinchilardan bo‘lib bajarib bo‘lishdi.

             Mazkur burg‘ilash ishlari ekspeditsiyaning Bayram dala partiyasida olib borilgan bo‘lib, bunga ekspeditsiyaining №-123 burg‘ilash brigadasi (Makina S-15) jalb qilindi.

             Injener texnik xodimlar tomonidan ishning to‘g‘ri tashkil qilinishi, texnik ishlab iqarishga doir yo‘riqnomalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishda nazoratning qatʼiyligi natijasida burg‘ilash ishlari 4 oy davomida bajarilib, 123-burg‘ilash agregati o‘rtacha har oyda 1250 p.m. dan burg‘ulash ishlarini bajardi.

               Mazkur burg‘ilash agregati hozirgi kunda ekspeditsiyaning To‘xmon partiyasida shartnoma asosidagi burg‘ilash ishlarini bajarmoqda va ish unumdorligini o‘sha meʼyorda saqlab kelmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar