1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

«Zakovat» intellektual bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi

67

Joriy yilning 5-noyabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona hamda tashkilotlar xodimlari o‘rtasida uzoq kutilgan «Zakovat» intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuv xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratildi.

An'anaviy tarzda tashkil etiladigan «Zakovat» intellektual o'yini ishtirokchilardan keng bilim doirasi, tezkor fikrlash va noan'anaviy yechimlar topishni talab etuvchi qiziqarli savollar bilan ajralib turadi. Vazirlik tizimidagi ko‘plab korxona va tashkilotlardan jamlangan bilimdonlar jamoalari o‘zaro raqobatlashib, o‘zlarining aql-zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu intellektual musobaqada «O’zbek geologiya qidiruv» AJ jamoalari ham faol ishtirok etdi. Jamoamiz a'zolari murakkab savollarga javob topishda o‘zlarining chuqur bilimlari va chaqqonliklarini namoyish etib, munosib ishtirok etishdi. Bu ularning nafaqat kasbiy faoliyatdagi, balki umumiy intellektual rivojlanishdagi faolligidan dalolat beradi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar