- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yoshlar bilan uchrashuv va innovatsion loyihalar muhokamasi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasida yosh mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan vazifalar hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ish faoliyatidagi muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, oltin va kumush miqdorini atom-absorbsiya usulida aniqlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda yosh mutaxassislarni innovatsion loyihalarga jalb etish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida geologiya sohasida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.
