1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

111

"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ tarkibidagi Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi bosh geologi J. Nazarov yosh mutaxassislar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida davom etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh kadrlar bilan yaqindan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, taklif va tashabbuslarini tinglash hamda geologiya sohasini rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Yosh mutaxassislar o‘z sohalaridagi muammolar, malaka oshirish imkoniyatlari, ish sharoitlari hamda ta’lim bilan ish faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlik haqida fikr mulohazalar bildirishdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar