- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida Hisorda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
167
Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida barcha tashkilot va muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 30-noyabr kuni Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ham «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda qishning sovuq kunlarida yong‘in xavsizligi qoidalariga rioya qilish va bu borada nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.