1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonun loyihasi Senatning yalpi majlisida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi

98

Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Yer qaʼri to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A. Kadirxodjayev, vazirlik mutasaddilari hamda tizimosti tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etishdi.  

Mazkur qonun bilan yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinmoqda.

Qonunda qo‘llanadigan asosiy tushunchalar kengaytirilayotgan bo‘lib, unda foydali qazilmalarning tasnifi, yaʼni asosiy va noruda foydali qazilmalar, ularning tarkibi yana-da aniqlashtirilmoqda.

Respublikamizda o‘tkazilayotgan maʼmuriy islohotlar doirasida yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat organlari vakolatlari chegaralari aniqlashtirilib, Kon-geologiya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.

Yalpi majlisda Qonun bilan kiritilayotgan yangi o‘zgarishlar, tushunchalar, talablar, mexanizmlar va normalar haqida senatorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Qonunning qabul qilinishi respublikada yer osti boyliklarini masʼuliyat bilan geologik jihatdan o‘rganish, ulardan foydalanish va muhofaza etishni zamonaviy standartlar asosida samarali va tizimli yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Qizg‘in muzokaralardan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar