- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Yashil makon hududi yanada kengaytirilmoqda
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri sifatida mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, “yashil maydonlar”ni kengaytirish ishlariga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan hududlarda yashil makonlar tashkil qilinmoqda. Xususan, jamiyat tomonidan Angren shahrida 2023-yilda 2,2 gektar hududda tashkil etilgan “Yashil makon”, “Geologlar bog‘i” bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bugungi kunga qadar hududda jami 5480 dona daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi. Shundan, 1780 ta mevali, 3700 ta manzarali daraxtlarni tashkil qiladi. Shuni alohda ta’kidlab o‘tish kerakki, Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan daraxt ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.