1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Xayrli tashabbusda jamiyat xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda

25

Yurtimizda hukm surayotgan anomal sovuq harorati davrida birdamlik bilan amalga oshirilayotgan xayrli tashabbuslar e’tirofga loyiq albatta. Aholini qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr ulashish, g‘amxo‘rlik qilish kabi ezgu maqsadlar asosida tashkil etilayotgan tashabbuslar murakkab vaziyatdan chiqib ketishimizda hamjihatlik qadryatlari asosida insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Shunday hayrli ishlar Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hokimligining tashabbusi bilan tuman markazida harbiy qism tomonidan tashkil qilingan ko‘chma oshxonada (palatka) tuman tashkilotlari hisobidan kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz qariyalar hamda sovuq kunlarda tinim bilmay mehnat qilayotgan maxsus tashkilot, elektr va tabiiy gaz liniyalarida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf qilayotgan mazkur soha xodimlari uchun ehson dasturxonlari yozilib, osh tarqatilmoqda. Ushbu saxovat tadbirlarida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ “Zarmitan” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi injener-texnik xodimlari ham faol ishtirok etishib, o‘z mablag‘lari hisobidan ehson oshi tarqatishib, mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar