- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Vоleybol sport turi bo‘yicha Kasaba uyushmasi kubogi tashkil etildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida 11 - noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan sportning vоleybol turi bo‘yicha Kasaba uyushmasi kubogi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada jamiyat tarkibidagi tashkilotlar o‘zaro bellashib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan o‘yinlarda 1-o‘rinni Toshkent, 2-o‘rinni Samarqand, 3-o‘rinni Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi jamoalari qo‘lga kiritishdi. G‘olib jamoalar kasaba uyushmasi tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Bu kabi sport musobaqalari jamiyat tarkibida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida jismoniy va ma’naviy sog‘lom muhitni ya’nada mustahkamlashga katta xizmat qiladi.
