1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Vazir geologiya sohasi faxriylarining bir guruhi bilan uchrashdi

238

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov sohada uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan, o‘z kasbining fidoyi vakillari, ustoz-geologlar bilan suhbat qurdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar, yuksak maqsadlarga erishish yo‘lida qilinadigan sayi-harakatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Vazir kuni kecha “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan I.To‘ramuratov, A.Ahmedshayev, I.Xushvakovni yuksak e’tirof bilan tabrikladi. Shuningdek, ish jarayonida, ta’limda, ilmiy izlanishlar va boshqa loyihalarda ulkan tajribaga ega ustozlarga suyanishi, yoshlarning ulardan o‘rganadigan jihatlar hali juda ko‘pligini ta’kidlab o‘tdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar