1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Uranga geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda

134

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ so‘ngi yillarda respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida yurtimizda geologiya-qidiruv ishlarini jadal suratlarda olib bormoqda. Xususan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ “Navoiyuran” DK bilan hamkorlikda yangi istiqbolli uran konlarini izlab topish va zaxiralarni oshirish borasida kelishuvga erishdi. Joriy yilning 25-mart kuni Navoiy viloyatining Janubiy Sugrali uchastkasida burg‘ilash ishlariga start berildi. Unda “O‘zbek geologiya qidirv” AJ boshqaruv raisi Sh.Alimov va “Navoiyuran” DK bosh direktori J.Fayzullayev va boshqa masʼul rahbarlar dala lagerida bo‘lib, gelogiya qidiruv ishlarini olib borish uchun tashkil etilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ayni vaqtda dala lagerida geologlar, muhandis-texnik xodimlar, burg‘ilovchilar va boshqa mutaxassislar belgilangan vazifalarni o‘z muddatida amalga oshirish uchun sidqidildan mehnat qilishmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar