1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Shimoli-G‘arbiy uchastkasida olib borilayotgan ishlar

175

Shimoli-G‘arbiy uchastkasi Qizilolmasoy maʼdanli maydonida, Chotqol tog‘ tizmasi janubi-g‘arbiy qismining janub tomonida joylashgan. Loyiha maqsadi maʼdan tanalarida oltin tarkibli kvarsli flyus xomashyosini baholash va asosiy maʼdanli zonasining chuqur gorizontlarida oltin maʼdanlashuvini izlash. Ushbu loyihada rejalashtirilgan asosiy geologik ishlarlardan yer osti tog‘ lahimlarini o‘tish hamda yer ustidan burg‘i quduqlarini burg‘ilash ishlari rejalashtirilgan.

Loyiha bo‘yicha jami yer usti burg‘ilash quduqlari hajmi 20130 p.m tashkil etadi. Yer osti tog‘ lahmlarini o‘tish ishlari 1620.0 p.m. tashkil qiladi.

Hozirgi kunda uchastkada 3 ta burg‘ilash brigadasi ish olib bormoqda. Shimoliy-G‘arbiy uchastkasidagi 19-sonli yer osti tog‘ lahimini o‘tish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bundan asosiy maqsad Asosiy maʼdan zonasining 1, 1a, 1b sonli maʼdan tanalaridagi oltin tarkibli kvarsli flyus xomashyosini C1+C2 toifadagi zaxiralari hisoblanadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar