- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasining Oqtuproq uchastkasida yer osti boyliklari aniqlanmoqda
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi hozirgi kunda Qayrag'och ma'danli maydonining Oqtuproq uchastkasida keng ko‘lamli geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu hududda olib borilayotgan tadqiqotlar yer osti boyliklarini aniqlash va ularning geologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi geologlari o‘z ishlarini yuqori professional darajada olib borishayotgani, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda.
Kelgusida ushbu hududda topilgan minerallar asosida yangi konlarni rivojlantirish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa mintaqa iqtisodiyotining yanada barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.