1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva: «G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi»

101

2025 yil 12 oktyabr kuni Osakadagi «Shining Hat» Ekspo-xollida Butunjahon ko‘rgazmalar byurosi (“BIE”) mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu marosim «EXPO 2025 Osaka, Kansai» Xalqaro ko‘rgazmasining yorqin yakuniy akkordi bo‘ldi.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston pavilyoni 1500 m² gacha maydonli pavilyonlar orasida o‘z toifasidagi eng oliy mukofot — «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qarorni 21 may kuni pavilyonga tashrif buyurgan to‘qqiz nafar ekspertdan iborat xalqaro hakamlar hayʼati qabul qildi. Mukofotlar besh turdagi pavilyonlar o‘rtasida uchta asosiy nominatsiya — «Arxitektura va landshaft», «Ko‘rgazma dizayni» va «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» bo‘yicha topshirildi.
«Biz taqdim etgan «Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya» konsepsiyasida anʼanalar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarga minnatdorlik izhor etgan.

❓ Butunjahon ko‘rgazmalar byurosi (“BIE”) mukofoti nima uchun beriladi?

Bu mukofot (1928 yilda tashkil etilgan) — “EXPO” doirasida ko‘rgazmaning asosiy mavzusi bilan hamohang sohalarda erishilgan yutuqlar uchun taqdim etiladi. U ilg‘or g‘oya va texnologiyalar, ishtirokchi-davlatlarning madaniy jihatlarini namoyon etgan eng yaxshi pavilyon, ekspozitsiyalarga beriladi.

Nufuzli “BIE” mukofoti — nomzod mamlakatning dunyo ko‘rgazmasi rivojiga qo‘shgan katta hissasini, salmoqdor natijalarini eʼtirof etadi hamda ularning muayyan sohadagi liderligini ifoda etadi. Mukofot sohibi bo‘lgan pavilyonlar kreativ, zamonaviy texnologiyalarga va global muammolarga yangi yondashuvlarni namoyon etgani uchun taqdirlanadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar