- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoqda
139
Ekspeditsiya boshlig‘i R.X. Ergashev va bosh geolog J. Nazarov korxonada faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ularning muammolarini yechish, kelajak rejalari va maqsadlari haqida suhbatlashdi.
Mazkur tadbir yosh mutaxassislarning sohadagi faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topish, shuningdek, kelgusidagi rejalarini aniqlashga qaratilgan.
Ushbu uchrashuv yoshlarning jamoaga moslashuvi, o‘z ustida ishlashi va kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun muhim qadam bo‘ldi.